Toshkentda “Georgiy tasmasi”ni tarqatish boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishAksiya pamati "Georgiyevskaya lentochka".
Aksiya pamati Georgiyevskaya lentochka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda 22-apreldan 9-maygacha “Georgiy tasmasi” aksiyasi doirasida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi — Rus uyida lentalar berib borilmoqda
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Xotira va Qadrlash kuni hamda G‘alaba kuni arafasida “Georgiy tasmasi” xalqaro aksiyasi boshlandi. Bu haqda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Telegram kanalida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 22-apreldan 9-maygacha Toshkent shahridagi Yunus Rajabiy ko‘chasi, 63-uyda joylashgan Rus uyida fuqarolar shaxsiy foydalanish uchun georgiy lentasini olishlari mumkin.
Lentalar har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha tarqatiladi.
Tashkilotlar uchun ham lentalar ajratilishi mumkin. Buning uchun, agar so‘ralayotgan lentalar soni 20 tadan ortiq bo‘lsa, oldindan Rossotrudnichestvo vakolatxonasining uzbekistan@rs.gov.ru elektron pochtasiga murojaat qilish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun telefon raqami: 71 256 03 75.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, “Georgiy tasmasi” aksiyasi 2005-yildan beri o‘tkazib kelinadi, uning shiori — “Georgiy tasmasi. Men eslayman! Men faxrlanaman”. Aksiya davomida millionlab odamlar faxriylar jasoratiga hurmat va minnatdorchilik ifodasi sifatida qora-to‘q sariq tasma taqishadi.
Aksiya Georgiyevskaya lentochka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
“Georgiy tasmasi” aksiyasi: tasma Rossiya va xorijdagi 8 mingdan oshiq joyda tarqatiladi
Yangiliklar lentasi
0