Orol fojiasi fransuz fotografi Yerik Gurlan nigohida
Orol fojiasi fransuz fotografi Yerik Gurlan nigohida
Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizi taqdiri va uning inson xotirasidagi o‘rnini aks ettiruvchi ushbu fotoko‘rgazma zamonaviy fotografiya va tarixiy usullar uyg‘unligi orqali yaratilgan noyob ijodiy loyihadir.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Orol dengizining taqdiri va uning inson xotirasidagi o‘rnini aks ettiruvchi ushbu fotoko‘rgazma zamonaviy fotografiya va tarixiy usullar uyg‘unligida yaratilgan noyob ijodiy loyihadir.Ko‘rgazmada muallifning Orol dengizi va uning atrofidagi hududga bag‘ishlangan 30 dan ortiq fotosuratlari namoyish etildi. Loyiha orqali nafaqat ekologik fojea, balki bu makonning o‘ziga xos ichki go‘zalligi va ruhiy xotirasi ham yoritib berilgan.Fotorassom Erik Gurlan o‘z ishlarida XX asr boshlari, taxminan 1920-yillar fotografiya texnikasiga murojaat qilgan. U maxsus tarixiy obyektivlar va “probka bilan suratga olish” usulidan foydalanib, yorug‘likni qo‘lda boshqarish orqali noyob tasvirlar yaratgan. Shuningdek, fotomaterial sifatida AQShdan keltirilgan maxsus emulsiyalar qo‘llangan.Loyiha Orol dengizi bilan bog‘liq inson taqdiri, vaqt o‘tishi va yo‘qolib borayotgan tabiiy meros haqida chuqur mulohazaga undaydi. Shu bilan birga, ko‘rgazma O‘zbekiston fotografiya san’atining ilk namoyandalaridan biri Xudaybergan Devonov xotirasiga ham bag‘ishlangan.
Erik Gurlanning Orol dengizi taqdiri, uning unutilgan go‘zalligi va inson xotirasidagi o‘rniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi zamonaviy yondashuv va tarixiy fotografiya usullarini birlashtirdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Orol dengizining taqdiri va uning inson xotirasidagi o‘rnini aks ettiruvchi ushbu fotoko‘rgazma zamonaviy fotografiya va tarixiy usullar uyg‘unligida yaratilgan noyob ijodiy loyihadir.
Ko‘rgazmada muallifning Orol dengizi va uning atrofidagi hududga bag‘ishlangan 30 dan ortiq fotosuratlari namoyish etildi. Loyiha orqali nafaqat ekologik fojea, balki bu makonning o‘ziga xos ichki go‘zalligi va ruhiy xotirasi ham yoritib berilgan.
Fotorassom Erik Gurlan o‘z ishlarida XX asr boshlari, taxminan 1920-yillar fotografiya texnikasiga murojaat qilgan. U maxsus tarixiy obyektivlar va “probka bilan suratga olish” usulidan foydalanib, yorug‘likni qo‘lda boshqarish orqali noyob tasvirlar yaratgan. Shuningdek, fotomaterial sifatida AQShdan keltirilgan maxsus emulsiyalar qo‘llangan.
Loyiha Orol dengizi bilan bog‘liq inson taqdiri, vaqt o‘tishi va yo‘qolib borayotgan tabiiy meros haqida chuqur mulohazaga undaydi. Shu bilan birga, ko‘rgazma O‘zbekiston fotografiya san’atining ilk namoyandalaridan biri Xudaybergan Devonov xotirasiga ham bag‘ishlangan.
“Bugun dengiz go‘yo biz bilan xayrlashmoqda. U o‘zining yashirin go‘zallig‘ini ochib bermoqda — deyarli unutilgan va kam esga olinadigan go‘zallikni”.