https://oz.sputniknews.uz/20260422/leningrad-viloyati-3-yilda-ozbekiston-bilan-savdo-hajmini-50-foizga-oshirmoqchi-57084137.html
Leningrad viloyati 3-yilda O‘zbekiston bilan savdo hajmini 50 foizga oshirmoqchi
Leningrad viloyati 3-yilda O‘zbekiston bilan savdo hajmini 50 foizga oshirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko 3-yil ichida O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 50 foizga oshirish rejasini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi 3-yilda bu ko‘rsatkichni ikki baravarga yetkazish mumkin.
2026-04-22T17:13+0500
2026-04-22T17:13+0500
2026-04-22T17:13+0500
innoprom. markaziy osiyo – 2026
matbuot markazi video
hamkorlik
rossiya
o‘zbekiston
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/16/57082331_0:0:1864:1049_1920x0_80_0_0_355b2e7ef47027cbf8b075dbdc69e820.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Leningrad viloyati uch yil ichida O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 50 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenko Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi sezilarli o‘sgan.Gubernator, shuningdek, Toshkentdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida Leningrad viloyatining 14 kompaniyasi ishtirok etayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ular innovatsion uskunalarni, jumladan, xonalarda belgilangan haroratni ushlab turish uchun sovutish qurilmalarini boshqarish tizimini taqdim etgan.Bu kabi yechimlar, birinchi navbatda, ma’lumotlar markazlari, katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanadigan obyektlar, sun’iy intellekt infratuzilmasi, telekommunikatsiya stansiyalari va televizion uskunalar uchun zarur.Drozdenko Toshkent, Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan hamkorlikka, shuningdek, “Innoprom” doirasida yangi shartnomalar imzolanishiga alohida to‘xtaldi.Aleksandr Drozdenkoning fikricha, iqtisodiy yuksalish davrida davlatlar bir-birini qo‘llab-quvvatlasa, bundan har ikki tomon yutadi.Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20260422/samarkand-leningrad-memorandum-57081917.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/16/57082331_191:0:1631:1080_1920x0_80_0_0_348cfaefbf91da64614fcd027d32a58d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
matbuot markazi video, hamkorlik, rossiya, o‘zbekiston, toshkent
matbuot markazi video, hamkorlik, rossiya, o‘zbekiston, toshkent
Leningrad viloyati 3-yilda O‘zbekiston bilan savdo hajmini 50 foizga oshirmoqchi
Eksklyuziv
Aleksandr Drozdenkoning aytishicha, Leningrad viloyati 3-yil ichida O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 50 foizga oshirishni, keyingi 3-yilda esa uni ikki baravarga yetkazishni rejalashtirmoqda
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Leningrad viloyati uch yil ichida O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 50 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenko
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi sezilarli o‘sgan.
“Masalan, biz 2022-yilda tovar ayirboshlash hajmi 13 million dollardan sal ko‘proqni tashkil etganini ko‘rgan edik. Bugun esa 100 million dollarga yaqinlashdik. Biz har yili 15 foizlik o‘sishni ko‘rapmiz va kecha prezident bilan uchrashganimda qat’iy aytdim: 3-yil ichida 50 foizga, yana 3-yildan keyin esa ikki baravar, balki undan ham ko‘proq o‘sishga erishamiz. Chunki O‘zbekiston bozori juda faol rivojlanayotganini ko‘rapmiz”, — dedi u.
Gubernator, shuningdek, Toshkentdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida Leningrad viloyatining 14 kompaniyasi ishtirok etayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ular innovatsion uskunalarni, jumladan, xonalarda belgilangan haroratni ushlab turish uchun sovutish qurilmalarini boshqarish tizimini taqdim etgan.
Bu kabi yechimlar, birinchi navbatda, ma’lumotlar markazlari, katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanadigan obyektlar, sun’iy intellekt infratuzilmasi, telekommunikatsiya stansiyalari va televizion uskunalar uchun zarur.
Drozdenko Toshkent, Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan hamkorlikka, shuningdek, “Innoprom” doirasida yangi shartnomalar imzolanishiga alohida to‘xtaldi.
Aleksandr Drozdenkoning fikricha, iqtisodiy yuksalish davrida davlatlar bir-birini qo‘llab-quvvatlasa, bundan har ikki tomon yutadi.
“Biz bugun O‘zbekiston iqtisodiyoti qanchalik tez o‘sayotganini ko‘rapmiz. Hozir sizda iqtisodiyotda, jumladan, qurilish sohasida va iste’mol bozorida katta yuksalish yuz bermoqda. Shuning uchun biz, albatta, o‘z rivojlanishimizni sizning yuksalishingiz bilan bog‘laymiz”, — dedi u.
Batafsil —
Sputnik O‘zbekiston videosida.