Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Udmurtiya O‘zbekiston bilan sanoat va savdo aloqalarini kengaytirmoqchi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Anna Slugina Udmurtiya O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo aylanmasi 29 foizga oshgan.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiyaning Udmurtiya viloyati O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqchi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Udmurtiya iqtisodiyot vaziri Anna Slugina ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Udmurtiya Toshkentdagi forumga bejiz kelmagan, chunki respublika O‘zbekiston bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega. Rossiya hududi bu yerga kriogen va issiqlik uskunalari, sanoatda qo‘llaniladigan shaxsiy himoya vositalari, neft qazib olish uskunalari va boshqa turli mahsulotlar bilan kelgan.
Shuningdek, delegatsiya tarkibida ta’lim muassasalari vakillari, media va IT-kompaniyalar ham bor.
Sluginaning ta’kidlashicha, Udmurtiyada qayta ishlash sanoatining ko‘plab yo‘nalishlari rivojlangan va hudud aynan shu salohiyatni O‘zbekiston bozorida kengaytirishni ko‘zlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi jadal rivojlanish fondida mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish rejalashtirilgan.
Vazirning aytishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Udmurtiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 29 foizga oshgan. Udmurtiya O‘zbekistondan asosan to‘qimachilik mahsulotlari, plastmassa, sabzavot, mevalar va quruq mevalarni import qiladi.
O‘zbekistonga esa, asosan, turli yo‘nalishdagi sanoat uskunalari yetkazib beriladi. Shu bilan birga, tomonlar turizm va qurilish xizmatlari sohalaridagi aloqalarni ham rivojlantirish niyatida.
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga kichik GES yetkazib berishni boshladi
Yangiliklar lentasi
0