TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning birinchi milliy kosmonavtni yer orbitasiga yuborishida har tomonlama yordam berishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov jurnalistlarga ma’lum qildi.
denis manturov, rossiya, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, kosmos, kosmik dastur, birinchi kosmonavt, sun’iy yo‘ldosh, mirzo ulugbek, rosatom emas, rossiya hukumati, yer orbitasi
denis manturov, rossiya, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, kosmos, kosmik dastur, birinchi kosmonavt, sun’iy yo‘ldosh, mirzo ulugbek, rosatom emas, rossiya hukumati, yer orbitasi
Manturov: RF O‘zbekistonga birinchi kosmonavt loyihasida yordam berishga tayyor
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Denis Manturov Moskva O‘zbekistonning birinchi kosmonavti va birinchi sun’iy yo‘ldoshi loyihalarini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning birinchi milliy kosmonavtni yer orbitasiga yuborishida har tomonlama yordam berishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov jurnalistlarga ma’lum qildi.
“O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash va uni Yer orbitasiga yuborish, shuningdek, birinchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirish bo‘yicha ulkan vazifani e’lon qildi. O‘zbekistonning strategik sherigi sifatida biz bu rejalarni olqishlaymiz va ularni amalga oshirishda har tomonlama yordam berish uchun barcha boy tajribamiz va vakolatlarimizni ishga solishga tayyormiz”, — dedi Manturov.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Shavkat Mirziyoyev sun’iy yo‘ldoshni koinotga chiqarish va birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash bo‘yicha takliflar bilan tanishgan edi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2028-yilda “Mirzo Ulugbek” nomli 6U formatdagi birinchi milliy ilmiy yo‘ldoshni uchirish taklif etilgan.
Shuningdek, birinchi o‘zbek kosmonavtini 10–14 kunlik qisqa muddatli parvozga tayyorlash va uni aniq ilmiy dastur bilan bog‘lash masalasi ko‘rib chiqilgan.