https://oz.sputniknews.uz/20260421/mirziyoev-manturov-russia-delegatsiya-qabul-57022458.html
INNOPROM doirasida Mirziyoyev Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
INNOPROM doirasida Mirziyoyev Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov bilan uchrashuvda O‘zbekiston—Rossiya savdo-iqtisodiy hamkorligi, sanoat kooperatsiyasi, energetika, sun’iy intellekt va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
2026-04-21T09:16+0500
2026-04-21T09:16+0500
2026-04-21T09:16+0500
o‘zbekiston
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
toshkent
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57022124_0:197:1900:1266_1920x0_80_0_0_a047ffa0b1d8e70dd5a14f82e4b177fc.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Rossiya Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Manturov shu kunlarda Toshkentda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.Mirziyoyev 35 mamlakatdan 10 mingdan ziyod biznes vakillari ishtirok etayotgan oltinchi “INNOPROM” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli tashkil etilganini yuqori baholadi.Uchrashuvda, eng avvalo, oliy darajada erishilgan, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Savdo hajmi barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, tinch atom, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlardagi loyihalar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Tomonlar tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ustuvor tarmoqlarda, jumladan sanoat zonalari doirasida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.Hududlar va tadbirkorlar darajasidagi faol aloqalarni kengaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, texnika yo‘nalishidagi qo‘shma oliygohlar negizida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun muhandis kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi.Uchrashuvda Rossiya hududlari va kompaniyalari rahbarlari mamlakat yetakchisiga turli sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarini taqdim etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/navoiy-russia-sanoat-park-56995727.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57022124_212:0:1900:1266_1920x0_80_0_0_a29d1c31afefaedf799dde7c47b0894e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, denis manturov, o‘zbekiston, rossiya, toshkent, innoprom, markaziy osiyo, vladimir putin, sanoat hamkorligi, savdo-iqtisodiy aloqalar, kooperatsiya loyihalari, sun’iy intellekt, energetika
shavkat mirziyoyev, denis manturov, o‘zbekiston, rossiya, toshkent, innoprom, markaziy osiyo, vladimir putin, sanoat hamkorligi, savdo-iqtisodiy aloqalar, kooperatsiya loyihalari, sun’iy intellekt, energetika
INNOPROM doirasida Mirziyoyev Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi, savdo va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Rossiya Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Manturov shu kunlarda Toshkentda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
Uchrashuvda Tatariston va Boshqirdiston respublikalari, Leningrad, Kirov, Irkutsk va Omsk viloyatlari rahbarlari, shuningdek, Rossiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.
Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mirziyoyev 35 mamlakatdan 10 mingdan ziyod biznes vakillari ishtirok etayotgan oltinchi “INNOPROM” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli tashkil etilganini yuqori baholadi.
Uchrashuvda, eng avvalo, oliy darajada erishilgan, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo hajmi barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, tinch atom, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlardagi loyihalar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tomonlar tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ustuvor tarmoqlarda, jumladan sanoat zonalari doirasida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Hududlar va tadbirkorlar darajasidagi faol aloqalarni kengaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, energiya samaradorligi, suv xo‘jaligi, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt kabi istiqbolli yo‘nalishlardagi rejalar qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, texnika yo‘nalishidagi qo‘shma oliygohlar negizida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun muhandis kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya hududlari va kompaniyalari rahbarlari mamlakat yetakchisiga turli sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarini taqdim etdi.