https://oz.sputniknews.uz/20260421/aes-qurilish-javoblar-57038374.html
Mahalliy kompaniyalar, Enter Engineering, AQSh uskunalari: AES qurilishi bo‘yicha javob berildi
Mahalliy kompaniyalar, Enter Engineering, AQSh uskunalari: AES qurilishi bo‘yicha javob berildi
Sputnik O‘zbekiston
Innopromda AES qurilishida mahalliy kompaniyalar va materiallar yetkazib beruvchilariga ustuvorlik berilishi aytildi, shuningdek, Enter Engineering ishtiroki va AQSh... 21.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-21T16:56+0500
2026-04-21T16:56+0500
2026-04-21T17:31+0500
innoprom. markaziy osiyo – 2026
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
o‘zbekiston
savdo-sanoat palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57037882_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_086eb2444f6d85da2eea4c8532417b1b.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AES qurilishi uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan resurslar, uskunalar va materiallar yetkazib beruvchilariga ehtiyoj yuqori. Bu haqda Innoprom doirasidagi "O‘zbekistondagi AES loyihasi: ko‘lami va sanoat uchun imkoniyatlar oynasi" sessiyasida “Atomstroyeksport” vitse-prezidenti, O‘zbekistonda AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Bezrukovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kompaniyalarga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Suhrob Abdurahmonov esa AES qurilishi mahalliy biznes uchun keng ko‘lamli sanoat buyurtmasi ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, palata ushbu loyihada xalqaro texnologiyalar va mahalliy ishlab chiqarish quvvatlari o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga tayyor.“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakili Bahodir Ismoilovning ma’lum qilishicha, bir qator banklar, jumladan, Sanoat-qurilish banki qurilish materiallari yetkazib beruvchi tadbirkorlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketini tayyorlamoqda. Hozirda zarur mahsulot turlari va moliyalashtirish hajmlari aniqlashtirilmoqda.Shuningdek, Jizzax AESi qurilishi direksiyasi qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Otabek Amanov jurnalistlar savoliga javoban Enter Engineering kompaniyasining loyihadagi ehtimoliy ishtirokiga ham to‘xtaldi.Boshqa bir savolga javoban Pavel Bezrukov AES uchun AQShda ishlab chiqarilgan uskunalar xarid qilinmasligi aniqligini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251223/russia-sanktsiyalar-uzbekistan-aes-tasir-54411818.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57037882_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_869a5905f18cf6403db3558cc60d7da4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, o‘zbekiston, savdo-sanoat palatasi
aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, o‘zbekiston, savdo-sanoat palatasi
Mahalliy kompaniyalar, Enter Engineering, AQSh uskunalari: AES qurilishi bo‘yicha javob berildi
16:56 21.04.2026 (yangilandi: 17:31 21.04.2026) Innopromda AES qurilishida mahalliy kompaniyalar va materiallar yetkazib beruvchilariga ustuvorlik berilishi aytildi, shuningdek, Enter Engineering ishtiroki va AQSh uskunalari bo‘yicha izoh berildi
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AES qurilishi uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan resurslar, uskunalar va materiallar yetkazib beruvchilariga ehtiyoj yuqori.
Bu haqda Innoprom doirasidagi "O‘zbekistondagi AES loyihasi: ko‘lami va sanoat uchun imkoniyatlar oynasi" sessiyasida “Atomstroyeksport” vitse-prezidenti, O‘zbekistonda AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bezrukovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kompaniyalarga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
“Shunga ko‘ra, maksimal imtiyozlar aynan O‘zbekiston yoki qo‘shma kompaniyalar uchun bo‘ladi,” — dedi u.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Suhrob Abdurahmonov esa AES qurilishi mahalliy biznes uchun keng ko‘lamli sanoat buyurtmasi ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, palata ushbu loyihada xalqaro texnologiyalar va mahalliy ishlab chiqarish quvvatlari o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga tayyor.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakili Bahodir Ismoilovning ma’lum qilishicha, bir qator banklar, jumladan, Sanoat-qurilish banki qurilish materiallari yetkazib beruvchi tadbirkorlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketini tayyorlamoqda. Hozirda zarur mahsulot turlari va moliyalashtirish hajmlari aniqlashtirilmoqda.
Shuningdek, Jizzax AESi qurilishi direksiyasi qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Otabek Amanov jurnalistlar savoliga javoban Enter Engineering kompaniyasining loyihadagi ehtimoliy ishtirokiga ham to‘xtaldi.
“Bu kompaniya resurslari, tajribasi va salohiyati jihatidan Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biri sifatida barcha tanlov jarayonlaridan o‘tgan. Agar u bundan buyon ham bosh pudratchi va loyiha oldidagi majburiyatlarini bajarishda davom etsa, biz u bilan ishlaymiz”, — dedi u.
Boshqa bir savolga javoban Pavel Bezrukov AES uchun AQShda ishlab chiqarilgan uskunalar xarid qilinmasligi aniqligini bildirdi.