"Hammasi yolg‘on": Eron Tramp bayonotlarini rad etdi

© AP Photo / Vahid SalemiNatsionalniy flag Irana nad Tegeranom.
Natsionalniy flag Irana nad Tegeranom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2026
Obuna bo‘lish
Eron parlamenti raisi G‘olibaf Trampning muzokaralar haqidagi da’volarini yolg‘on deb atadi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Eron parlamenti raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf Donald Trampning juma kuni e’lon qilingan muzokaralar haqidagi bayonotlarini yolg‘on deb atadi.

"AQSh prezidenti bir soat ichida yettita bayonot berdi va ularning barchasi yolg‘on. Ular bu yo‘l bilan urushda g‘alaba qozonishmaydi va ularning muzokaralari hech qanday natija bermaydi", - deb yozdi u Telegramda.

Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish belgilangan yo‘nalish bo‘yicha va Tehronning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Biroq, agar Qo‘shma Shtatlar Eron portlarini blokada qilishni davom ettirsa, u yopiqligicha qoladi, deb ta’kidladi G‘olibaf.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha barcha qarorlar ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki mahalliy miqyosda qabul qilinadi.
"Ommaviy axborot vositalarida urush va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish urushning muhim qismidir va Eron xalqi bu hiyla-nayranglarga aldanmaydi", deya qo‘shimcha qildi u.
Bir kun oldin Tehron 8-aprel kuni e’lon qilingan sulh tugaguniga qadar barcha Ho‘rmuz bo‘g‘ozi barcha tijorat kemalari uchun ochiq bo‘lishini e’lon qilgan edi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchining so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar Livanda sulh tuzishga kelishib olingandan so‘ng bekor qilindi.
Tramp Eronga minnatdorchilik bildirdi, ammo tomonlar kelishuvga erishmaguncha Eron portlarining blokadasini bekor qilishdan bosh tortdi. Uning ta’kidlashicha, Islom Respublikasi Hormuz bo‘g‘ozini boshqa yopmaslikka va’da bergan va yadroviy dasturining tugashi kabi kelajakdagi kelishuvning barcha shartlariga rozi bo‘lgan.
40 kunlik urush

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga tajovuzkor hujum boshlaganidan so‘ng Eron rahbariyati Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopiq deb e’lon qilgan va faqat ayrim davlatlar kemalari undan o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Harbiy harakatlar 40 kun davom etdi. Eron tomonidan 3000 mingga yaqin qurbonlar, ko‘plab vayronagarchiliklar sodir bo‘ldi. AQShning Yaqin Sharq hududidagi 13ta harbiy bazalari va Isroil harbiy va infratuzilma obyektlari Eron zarbasiga uchradi.

8 aprel kuni AQSh Eronning 10ta shartdan iborat tinchlik sulhini bulajak muzokaralar asosi sifatida qabul qilishini aytib ikki haftalik sulh e’lon qildi. Hafta oxirida Pokistonda AQSh va Eron delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi. AQSh Eronga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, Eron esa ularni qabul qilmadi.

Shundan so‘ng 13-aprel kuni Tramp Hormuz bo‘g‘ozining tashqi tomonidan o‘z harbiy kemalarini joylashtirib, Eron portlariga kiradigan va chiqadigan barcha dengiz transportini blokirovka qilishni e’lon qildi.

Eron buni "urush harakati" deb baholashini aytib javob choralari ko‘rishga va’da berdi. Jumladan, Eron ittifoqchilari bo‘lgan Yamandagi xutiylar orqali Qizil dengizdan chiqadigan Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini ham to‘sib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0