“Sikada” shtammi O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli?

© SSVNurmat Atabekov
Nurmat Atabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2026
Obuna bo‘lish
Koronavirusning yangi shtamm qanchalik xavfli, uni yuqtirmaslik uchun qanday profilaktik choralar ko‘rish kerak.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. So‘nggi paytlarda xorijiy va mahalliy OAVda ba’zi mamlakatlar bo‘ylab COVID-19 ning “Sikada” deb nomlangan yangi — BA.3.2 shtammi tarqalayotgani bilan bog‘liq xabarlar e’lon qilinmoqda.
Xususan, JCCT ushbu virus AQSh, Gonkong, Mozambik va Buyuk Britaniya kabi 23 ta davlatda ushbu mutatsiya ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi.

“Sikada” shtammi O‘zbekistondagi epidemiologik barqarorlikka ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov.
O‘zbekiston misolida aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror. Aholida koronavirus shtammiga nisbatan oddiy respirator kasalliklarga bo‘lgani singari munosabat allaqachon shakllangan. Negaki, yurtdoshlarimizning qariyb 80 foizida jamoaviy immunitet vujudga kelgan.
Shu ma’noda, dunyoda qayd etilayotgan yangi shtammlar haqida shov-shuvli xabarlar tarqatish to‘g‘ri emas. Xavotirlanish uchun hech qanday asos yo‘q, dedi mutaxassis.

Atabekov shuningdek yangi shtamm haqida quyidagilarni ma’lum qildi:
Aslida, BA.3.2 shtammi aniqlanganiga ancha bo‘lgan va u bir xil tezlikda tarqalmasligi bilan xarakterlanadi. Shu bois bu mutatsiyaga 17-yilgacha "uyquga ketishi" mumkin bo‘lgan va uzoq muddat borligini sezdirmaydigan hasharot — sikada nomi berilgan.
JSST kasallik tarqalish darajasini kuzatib borish va jiddiy muammolar yuzaga kelishiga asos ko‘rmayapmiz, degan xulosasini ma’lum qildi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, “Sikada” shtammi “Omikron”ga xos, o‘xshash klinik belgilar bilan kechadi. U nafas yo‘llari jarohatlanishi, ya’ni burun bitishi, yo‘tal, tomoqda og‘riq, qizarish, ba’zan hid va ta’m bilmaslik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar unga kattalarga nisbatan bolalar ko‘proq chalinayotganini aytishmoqda. Bu quyidagi omil bilan bog‘liq.
Ma’lumki, pandemiya davrida dunyo aholisining katta qismi COVID-19 ga qarshi emlandi va shu tufayli ularning qaytadan bu kasallikka chalinish ehtimoli juda kam. Ammo avval koronavirus bilan ro‘baro‘ kelmagan, ya’ni organizmida hali xastalikka qarshi antitanachalar shakllanmagan bolalarning bu virusni yuqtirish xavfi mavjud.
Surunkali kasalligi bor, nafas yo‘llari xastaliklaridan aziyat chekuvchilar, immuniteti zaif va yoshi katta insonlar ham bu xavfdan yetarli darajada himoyalanmagan.
Albatta, virus o‘choqlari aniqlangan hududlarda bo‘lib qaytgan odamlar bilan imkon qadar muloqotni cheklashni tavsiya qilamiz. Biroq “Sikada” epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqaradi, degan fikrdan uzoqmiz, deb xulosa qildi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0