https://oz.sputniknews.uz/20260417/orban-saylovlardagi-maglubiyat-uchun-javobgarlikni-oz-zimmasiga-oldi-56946157.html
Orban saylovlardagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Orban saylovlardagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Sputnik O‘zbekiston
U o‘zining eng katta muvaffaqiyatsizligi — atom elektr stansiyasi qurilishining to‘liq yakunlanmagani deb bilishini aytdi. 17.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-17T11:45+0500
2026-04-17T11:45+0500
2026-04-17T11:51+0500
vengriya
viktor orban
saylov natijalari
aes
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0f/55719578_0:0:3095:1742_1920x0_80_0_0_d4fa2db5b36d9457e95f6a8a41aa5978.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlaridagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va natijalarni tahlil qilishga va’da berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, "Fides" partiyasining maqsadi uch million ovozni olish edi, shunda uning siyosiy kuchi mamlakatni yangilash uchun yetarli bo‘ladi. Biroq, ularning saylovoldi tashviqoti saylovchilar ishtiroki oldingi saylovlardagidek - 70 foizdan sezilarli oshmaydi degan taxminga asoslangan edi.Siyosatchi mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va "ilgari ovoz bermagan, ammo yangi kelgan" saylovchilar nima sababdan unga qarshi ovoz berganini tahlil qilishga va’da berdi. Ayni damda "Paksh" atom elektr stansiyasi Vengriya elektr energiya ta’minotining deyarli yarmini ta’minlamoqda. "Rosatom" bilan hamkorlikda boshlangan loyihaga ko‘ra ikkita yangi energiya bloki ishga tushirilgandan so‘ng, bu ulush ikki baravar ko‘payishi kutilmoqda. Mamlakat rahbariyati yadro energiyasi energiya xavfsizligini ta’minlashning kaliti ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.O‘tgan yakshanba kuni Vengriya parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovozlarning 98,9 foizi sanab chiqilgandan so‘ng, Peter Magar boshchiligidagi muxolifatdagi "Tisa" partiyasi Orbanning hukmron partiyasidan sezilarli darajada ustunlikka egaligi ma’lum bo‘ldi. Birinchisi qonun chiqaruvchi organdagi 199 o‘rindan 136 tasini, ikkinchisi esa 57 tasini qo‘lga kiritishi kutilmoqda. Yakuniy natijalar 18-aprel oqshomiga qadar tasdiqlanadi.Ovoz berish Ukraina va Yevropa Ittifoqining ORban partiyasi hokimiyatda qolishiga to‘sqinlik qilishga urinishlari fonida bo‘lib o‘tdi. Bunga Vengriyaning Moskvaga qarshi 20-bosqich sanksiyalarni bekor qilishdan bosh tortishi va Kiyevga 90 milliard yevro miqdorida kredit berishni taqiqlashi sabab bo‘ldi. Budapesht bu pozitsiyani Rossiya neftini "Drujba" quvuri orqali yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganiga javoban egalladi.
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0f/55719578_79:0:2808:2047_1920x0_80_0_0_c9e349b4a5f760fd22497f419c4ea49b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vengriya, viktor orban, saylov natijalari, aes, dunyoda
vengriya, viktor orban, saylov natijalari, aes, dunyoda
Orban saylovlardagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
11:45 17.04.2026 (yangilandi: 11:51 17.04.2026) U o‘zining eng katta muvaffaqiyatsizligi — atom elektr stansiyasi qurilishining to‘liq yakunlanmagani deb bilishini aytdi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlaridagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va natijalarni tahlil qilishga va’da berdi.
"Raqamlar o‘zi gapiradi; bu aniq mag‘lubiyat. Biz 2,3 million ovoz oldik, raqibimiz esa 3,1 million ovoz oldi", dedi u Patriota portaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Fides" partiyasining maqsadi uch million ovozni olish edi, shunda uning siyosiy kuchi mamlakatni yangilash uchun yetarli bo‘ladi. Biroq, ularning saylovoldi tashviqoti saylovchilar ishtiroki oldingi saylovlardagidek - 70 foizdan sezilarli oshmaydi degan taxminga asoslangan edi.
Siyosatchi mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va "ilgari ovoz bermagan, ammo yangi kelgan" saylovchilar nima sababdan unga qarshi ovoz berganini tahlil qilishga va’da berdi.
U o‘zining asosiy muvaffaqiyatsizligini "Paksh" atom elektr stansiyasi qurilishining to‘liq yakunlanmagani deb bilishini aytdi. Orbanning ta’kidlashicha, agar AES qurib bitkazilganda, bugun Vengriya iqtisodiyoti ancha yaxshi ahvolda bo‘lar edi.
Ayni damda "Paksh" atom elektr stansiyasi Vengriya elektr energiya ta’minotining deyarli yarmini ta’minlamoqda. "Rosatom" bilan hamkorlikda boshlangan loyihaga ko‘ra ikkita yangi energiya bloki ishga tushirilgandan so‘ng, bu ulush ikki baravar ko‘payishi kutilmoqda. Mamlakat rahbariyati yadro energiyasi energiya xavfsizligini ta’minlashning kaliti ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.
O‘tgan yakshanba kuni Vengriya parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovozlarning 98,9 foizi sanab chiqilgandan so‘ng, Peter Magar boshchiligidagi muxolifatdagi "Tisa" partiyasi Orbanning hukmron partiyasidan sezilarli darajada ustunlikka egaligi ma’lum bo‘ldi. Birinchisi qonun chiqaruvchi organdagi 199 o‘rindan 136 tasini, ikkinchisi esa 57 tasini qo‘lga kiritishi kutilmoqda. Yakuniy natijalar 18-aprel oqshomiga qadar tasdiqlanadi.
Ovoz berish Ukraina va Yevropa Ittifoqining ORban partiyasi hokimiyatda qolishiga to‘sqinlik qilishga urinishlari fonida bo‘lib o‘tdi. Bunga Vengriyaning Moskvaga qarshi 20-bosqich sanksiyalarni bekor qilishdan bosh tortishi va Kiyevga 90 milliard yevro miqdorida kredit berishni taqiqlashi sabab bo‘ldi. Budapesht bu pozitsiyani Rossiya neftini "Drujba" quvuri orqali yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganiga javoban egalladi.