https://oz.sputniknews.uz/20260417/makron-ryutte-va-fon-der-lyaenni-hormuz-bogozi-boyicha-sammitiga-taklif-qilmadi--56950273.html
Makron Rutte va fon der Lyayenni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha sammitiga taklif qilmadi
Makron Rutte va fon der Lyayenni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha sammitiga taklif qilmadi
Sputnik O‘zbekiston
Parij va London tomonidan tashkil qilinayotgan sammitda 40 dan ortiq davlat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. 17.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-17T14:43+0500
2026-04-17T14:43+0500
2026-04-17T14:58+0500
fransiya
britaniya
emmanuel makron
yevropa ittifoqi
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
sammit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40159477_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_e25fbc0197778480c1ca9ca56bd86d2d.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Fransiya NATO bosh kotibi Mark R.tte va Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha sammitiga taklif qilishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Fionancial Times. Yelisey saroyi ikki marta NATO va Yevropa Komissiyasi rahbarlarini Londonning taklif qilingan taklifnoma ro‘yxatidan chiqarib tashladi: Parij sammitda asosan davlat rahbarlari ishtirok etishini istaydi, deyiladi maqolada.Parij va London tomonidan tashkil qilinayotgan tadbir ushbu hafta o‘tkazilishni rejalashtirmoqda. Unda taxminan 40 dan ortiq davlat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.Gazeta xabariga ko‘ra, sammiitda Donald Tramp ham qatnashmaydi. Biroq, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron unga tadbir natijalari haqida ma’lumot berishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260411/pokistonda-eron-aqsh-muzokaralari-boyicha-songgi-xabarlar-56843205.html
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40159477_267:0:2998:2048_1920x0_80_0_0_f8c224ec24a8babaeba6408121cee9cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fransiya, britaniya, emmanuel makron , yevropa ittifoqi, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, sammit
fransiya, britaniya, emmanuel makron , yevropa ittifoqi, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, sammit
Makron Rutte va fon der Lyayenni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha sammitiga taklif qilmadi
14:43 17.04.2026 (yangilandi: 14:58 17.04.2026) Parij va London tomonidan tashkil qilinayotgan sammitda 40 dan ortiq davlat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Fransiya NATO bosh kotibi Mark R.tte va Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha sammitiga taklif qilishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Fionancial Times.
"Fransiya Rutte <...> va fon der Lyayenning uchrashuvda ishtirok etishi haqidagi Britaniya taklifini rad etdi", deyiladi maqolada rasmiylarga tayanib.
Yelisey saroyi ikki marta NATO va Yevropa Komissiyasi rahbarlarini Londonning taklif qilingan taklifnoma ro‘yxatidan chiqarib tashladi: Parij sammitda asosan davlat rahbarlari ishtirok etishini istaydi, deyiladi maqolada.
Parij va London tomonidan tashkil qilinayotgan tadbir ushbu hafta o‘tkazilishni rejalashtirmoqda. Unda taxminan 40 dan ortiq davlat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Gazeta xabariga ko‘ra, sammiitda Donald Tramp ham qatnashmaydi. Biroq, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron unga tadbir natijalari haqida ma’lumot berishadi.
40 kunlik urush
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga tajovuzkor hujum boshlaganidan so‘ng Eron rahbariyati Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopiq deb e’lon qilgan va faqat ayrim davlatlar kemalari undan o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.
Harbiy harakatlar 40 kun davom etdi. Eron tomonidan 3000 mingga yaqin qurbonlar, ko‘plab vayronagarchiliklar sodir bo‘ldi. AQShning Yaqin Sharq hududidagi 13ta harbiy bazalari va Isroil harbiy va infratuzilma obyektlari Eron zarbasiga uchradi.
8 aprel kuni AQSh Eronning 10ta shartdan iborat tinchlik sulhini bulajak muzokaralar asosi sifatida qabul qilishini aytib ikki haftalik sulh e’lon qildi. Hafta oxirida Pokistonda AQSh va Eron delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi. AQSh Eronga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, Eron esa ularni qabul qilmadi.
Shundan so‘ng 13-aprel kuni Tramp Hormuz bo‘g‘ozining tashqi tomonidan o‘z harbiy kemalarini joylashtirib, Eron portlariga kiradigan va chiqadigan barcha dengiz transportini blokirovka qilishni e’lon qildi.
Eron buni "urush harakati" deb baholashini aytib javob choralari ko‘rishga va’da berdi. Jumladan, Eron ittifoqchilari bo‘lgan Yamandagi xutiylar orqali Qizil dengizdan chiqadigan Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini ham to‘sib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.