Moskvada MDH TIVK majlisi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda tashqi siyosatni muvofiqlashtirish, madaniyat, huquqni muhofaza qilish va boshqa sohalarga oid qator qarorlar qabul qilinadi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Bugun Moskvada MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi (TIVK) majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda MDH TIV rahbarlari 2025-yilgi hamkorlik natijalarini sarhisob qiladilar va integratsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollari va asosiy maqsadlarini, jumladan, Turkmanistonning tashkilotga amaldagi raisligi ustuvorliklarini va bu yil nishonlanadigan MDHning 35-yilligini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Undan tashqari Sergey Lavrov Markaziy Osiyo mamlakatlarining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashadi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tashqi siyosatni muvofiqlashtirishni, madaniy, gumanitar, huquqni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilinadi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, tasdiqlangan hujjatlarning aksariyati keyinchalik tasdiqlash uchun MDH davlatlari va hukumatlari rahbarlariga taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0