https://oz.sputniknews.uz/20260416/shifokorlar-bola-qutqarish-56926903.html
O‘zbek shifokorlari chet eldagi operatsiyadan so‘ng ahvoli og‘irlashgan bolani qutqarib qoldi
O‘zbek shifokorlari chet eldagi operatsiyadan so‘ng ahvoli og‘irlashgan bolani qutqarib qoldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shifokorlar chet eldagi operatsiyadan so‘ng ahvoli og‘irlashgan 5 yoshli bolani qutqarib qoldi. Jajji bemorga ilk bor oshqozon qayta joylashtirilib, yo‘g‘on ichakdan yangi qizilo‘ngach shakllantirildi.
2026-04-16T10:13+0500
2026-04-16T10:13+0500
2026-04-16T15:19+0500
sog‘liq
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jarrohlik amaliyoti
shifokor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/750/61/7506136_1:0:1000:562_1920x0_80_0_0_405c2357aa8c1ad09dd70dbcbda541a9.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbek shifokorlari chet eldagi operatsiya asoratini bartaraf etib, 5 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, jajji bemorda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida mamlakatda ilk bor o‘ta murakkab amaliyot o‘tkazildi.Ma’lum bo‘lishicha, Umarjon Abdurazzoqov o‘tgan yili tasodifan kaustik soda ishqorini ichib qo‘ygan. Oqibatda uning qizilo‘ngachi chandiqli toraya boshlagan va vaqt o‘tib umuman ovqatlana olmay qolgan. Dastlab shifokorlar uning oshqozoniga maxsus naycha o‘rnatib, ahvolini yengillashtirgan.Professor Habibulla Oqilov boshchiligidagi mutaxassislar qariyb 5 soatlik operatsiya davomida oshqozonni qayta joylashtirib, yo‘g‘on ichakdan yangi qizilo‘ngach shakllantirdi. Hozir bolaning ahvoli yaxshi, yaqin kunlarda u oilasi bag‘riga qaytishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260108/bukhara-jigar-transplantatsiya-54687655.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/750/61/7506136_126:0:875:562_1920x0_80_0_0_ed3133b6f47a16092dce3f3bddc35092.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, sog‘liqni saqlash vazirligi, qizilo‘ngach, operatsiya, 5 yoshli bola, kaustik soda, chet el klinikasi
o‘zbekiston, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, sog‘liqni saqlash vazirligi, qizilo‘ngach, operatsiya, 5 yoshli bola, kaustik soda, chet el klinikasi
O‘zbek shifokorlari chet eldagi operatsiyadan so‘ng ahvoli og‘irlashgan bolani qutqarib qoldi
10:13 16.04.2026 (yangilandi: 15:19 16.04.2026) Ahvoli og‘irlashgan 5 yoshli bola 5 soat davomida operatsiya qilinib, unda ovqatni oshqozonga yetkazuvchi a’zo — qizilo‘ngach qayta shakllantirildi
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbek shifokorlari chet eldagi operatsiya asoratini bartaraf etib, 5 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qilishicha, jajji bemorda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida mamlakatda ilk bor o‘ta murakkab amaliyot o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Umarjon Abdurazzoqov o‘tgan yili tasodifan kaustik soda ishqorini ichib qo‘ygan. Oqibatda uning qizilo‘ngachi chandiqli toraya boshlagan va vaqt o‘tib umuman ovqatlana olmay qolgan. Dastlab shifokorlar uning oshqozoniga maxsus naycha o‘rnatib, ahvolini yengillashtirgan.
Keyin ota-ona bolasini xorijda davolatishga qaror qilgan. Biroq u yerda o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng bemorning ahvoli yanada og‘irlashgan. Vazirlikka ko‘ra, amaliyot paytida oshqozon yuqoriga ko‘tarilib, qizilo‘ngach qoldig‘iga ulangani sabab yurakka bosim yuzaga kelgan.
Professor Habibulla Oqilov boshchiligidagi mutaxassislar qariyb 5 soatlik operatsiya davomida oshqozonni qayta joylashtirib, yo‘g‘on ichakdan yangi qizilo‘ngach shakllantirdi. Hozir bolaning ahvoli yaxshi, yaqin kunlarda u oilasi bag‘riga qaytishi kutilmoqda.