Xorijliklar O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni eng ko‘p savdo, sanoat va qurilish sohalarida o‘sdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinni sanoat egallagan.
Qayd etilishicha, 1-aprel holatiga respublikada bunday korxonalar soni 19 072 taga yetgan. So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,4 barobarga oshgan.
2025 yilning mos davriga nisbatan esa ular soni 3 333 taga yoki 21,2 foizga ko‘paygan. Bu, avvalo, savdo sohasidagi korxonalar soni 5 686 tadan 6 814 taga, sanoatda 3 304 tadan 3 831 taga, qurilish sohasida esa 1 146 tadan 1 544 taga oshgani bilan izohlanadi.
Batafsil ma’lumot Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0