https://oz.sputniknews.uz/20260415/prezident-sindorov-galaba-tabrik-56919502.html
Prezident Javohir Sindorovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi
Prezident Javohir Sindorovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nomzodlar turnirida tarixiy g‘alabaga erishgan Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari yosh grossmeysterni tabriklab, unga jahon toji uchun bahs oldidan omad tiladi.
2026-04-15T16:22+0500
2026-04-15T16:22+0500
2026-04-15T16:35+0500
sport
o‘zbekiston
javohir sindarov
shaxmat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0f/56919329_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_ac611c9afe1561129e08d6344daff27f.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Prezident yosh grossmeysterni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi bor ushbu nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lib, tarixiy natijaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.Davlat rahbari endi Javohir Sindorov oldida jahon toji uchun hal qiluvchi va sharafli bellashuv turganini qayd etib, bo‘lajak o‘yinlarda unga ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi. Turnir g‘olibi sifatida u amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan o‘ynaydi.Suhbatda joriy yil Samarqand shahrida o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Sindorovning ishtiroki O‘zbekiston jamoasiga katta ruh va ishonch bag‘ishlashi ham qayd etildi.Prezident shaxmatchining ota-onasi, yaqinlari, ustoz va murabbiylarini ham ushbu g‘alaba bilan tabrikladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260412/shaxmat-afsonalar-nashrlar-sindarov-56870483.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0f/56919329_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_695ef509063681c67c03a46c57155559.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
javohir sindorov, shavkat mirziyoyev, nomzodlar turniri, shaxmat, o‘zbekiston, grossmeyster, gukesh dommaraju, jahon toji, samarqand, shaxmat olimpiadasi
javohir sindorov, shavkat mirziyoyev, nomzodlar turniri, shaxmat, o‘zbekiston, grossmeyster, gukesh dommaraju, jahon toji, samarqand, shaxmat olimpiadasi
Prezident Javohir Sindorovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi
16:22 15.04.2026 (yangilandi: 16:35 15.04.2026) O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor Nomzodlar turnirida g‘olib chiqqan Javohir Sindorov bilan prezident telefon orqali muloqot qilib, uni tarixiy natija bilan tabrikladi
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Prezident yosh grossmeysterni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi bor ushbu nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lib, tarixiy natijaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.
Qayd etilishicha, Sindorov turnir davomida ilgari hech bir o‘zbekistonlik shaxmatchi yeta olmagan yuksak marrani zabt etdi. Xalqaro manbalarga ko‘ra, Sindorov turnirda mag‘lubiyatsiz o‘tdi va olti g‘alaba qayd etdi.
Davlat rahbari endi Javohir Sindorov oldida jahon toji uchun hal qiluvchi va sharafli bellashuv turganini qayd etib, bo‘lajak o‘yinlarda unga ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi. Turnir g‘olibi sifatida u amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan o‘ynaydi.
Suhbatda joriy yil Samarqand shahrida o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Sindorovning ishtiroki O‘zbekiston jamoasiga katta ruh va ishonch bag‘ishlashi ham qayd etildi.
Prezident shaxmatchining ota-onasi, yaqinlari, ustoz va murabbiylarini ham ushbu g‘alaba bilan tabrikladi.