https://oz.sputniknews.uz/20260415/belarus-er-ijara-eksport-kelishuvlar-56918378.html
Belarusda 4 ming gektar yer ijarasi va 60 ming tonna eksport bo‘yicha kelishuvlar imzolandi
Belarusda 4 ming gektar yer ijarasi va 60 ming tonna eksport bo‘yicha kelishuvlar imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo delegatsiyasining Belarusga tashrifida 4 ming gektar yerni uzoq muddatli ijaraga olish, yiliga 60 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qilish, turizm va madaniy almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
2026-04-15T15:50+0500
2026-04-15T15:50+0500
2026-04-15T15:50+0500
belarus
o‘zbekiston
qashqadaryo viloyati
chorva
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20989250_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_eff8d9bdd247f57a054ecf9e694bd144.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga tashrifi doirasida qator iqtisodiy va gumanitar kelishuvlarga erishildi, deb xabar qildi “Dunyo” axborot agentligi.Safar davomida o‘zbekistonlik vakillar Vitebsk viloyatidagi chorvachilik komplekslari va savdo obyektlari faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, mahalliy rahbariyat bilan ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.Kelishuvlarga ko‘ra, “Asl Yuksalish Savdo” va “Muborak qorako‘lchilik” korxonalari 4 ming gektar ekin maydonini uzoq muddatli ijaraga oladi. Ushbu yer negizida yirik agrar loyiha amalga oshirilib, uning birinchi bosqichida 1 ming bosh qoramol yetishtirish rejalashtirilgan.Shuningdek, “Asl Yuksalish Savdo” Belarusning yirik savdo tarmoqlaridan biri bilan shartnoma imzolab, har yili 60 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan quruq mevalar, dukkakli ekinlar, poliz mahsulotlari va uzum yetkazib berishga kelishdi. Tomonlar turistik biznes vakillari uchun tanishuv safarlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Qashqadaryo viloyati teatri jamoasining Minskdagi gastrollarini tashkil etishga ham kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260317/belarus-uzbekistan-tadbirkorlar-taklif-56322508.html
belarus
o‘zbekiston
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20989250_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e48c7ff4f7b664323b05a755280cc606.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryo viloyati, belarus, vitebsk viloyati, 4 ming gektar, 1 ming bosh qoramol, 60 ming tonna mahsulot, qishloq xo‘jaligi, eksport, turizm, teatr gastrollari, minsk
qashqadaryo viloyati, belarus, vitebsk viloyati, 4 ming gektar, 1 ming bosh qoramol, 60 ming tonna mahsulot, qishloq xo‘jaligi, eksport, turizm, teatr gastrollari, minsk
Belarusda 4 ming gektar yer ijarasi va 60 ming tonna eksport bo‘yicha kelishuvlar imzolandi
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga tashrifi agrar loyihalar, mahsulot eksporti, turizm va madaniy aloqalarni qamrab olgan bir necha yirik kelishuvlar bilan yakunlandi
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga tashrifi doirasida qator iqtisodiy va gumanitar kelishuvlarga erishildi, deb
xabar qildi “Dunyo” axborot agentligi.
Safar davomida o‘zbekistonlik vakillar Vitebsk viloyatidagi chorvachilik komplekslari va savdo obyektlari faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, mahalliy rahbariyat bilan ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Kelishuvlarga ko‘ra, “Asl Yuksalish Savdo” va “Muborak qorako‘lchilik” korxonalari 4 ming gektar ekin maydonini uzoq muddatli ijaraga oladi. Ushbu yer negizida yirik agrar loyiha amalga oshirilib, uning birinchi bosqichida 1 ming bosh qoramol yetishtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Asl Yuksalish Savdo” Belarusning yirik savdo tarmoqlaridan biri bilan shartnoma imzolab, har yili 60 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan quruq mevalar, dukkakli ekinlar, poliz mahsulotlari va uzum yetkazib berishga kelishdi.
Tomonlar turistik biznes vakillari uchun tanishuv safarlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Qashqadaryo viloyati teatri jamoasining Minskdagi gastrollarini tashkil etishga ham kelishib oldi.