O‘zbekistonda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 19 mingdan oshdi: top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Eng katta ulush yana savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi, mamlakatlar kesimida esa Xitoy birinchi, Rossiya ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 333 taga, yoki 21,2 foizga oshgan. Jami 19 072 ta korxonaning 4 392 tasi qo‘shma, 14 680 tasi esa xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bunday korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida — 6 814 ta. Shuningdek, sanoatda 3 831 ta, qurilishda 1 544 ta, axborot va aloqa sohasida 1 488 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatlar kesimida yetakchi o‘rinni 5 398 ta korxona bilan Xitoy egallagan bo‘lib, bu jami xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 28,3 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan davlatlar qatorida Rossiya — 17,1 foiz, Turkiya — 11,5 foiz, Qozog‘iston — 6,5 foiz va Janubiy Koreya — 3,7 foiz ulush bilan qayd etilgan.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0