O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha top-5 davlat

Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalar segmentida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi, Xitoy va Turkiya esa keyingi pog‘onalardan joy oldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi 19 072 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Shundan 4 392 tasi qo‘shma korxonalar, 14 680 tasi esa to‘liq xorijiy kompaniyalardir.
Qo‘shma korxonalarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. 1-aprel holatiga ularning soni 911 ta. Keyingi o‘rinlarda Xitoy 777 ta va Turkiya 499 ta qo‘shma korxona bilan qayd etilgan.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0