https://oz.sputniknews.uz/20260414/russia-magnit-uzbekistan-sabzavot-etkazish-56896379.html
Rossiyaning “Magnit” tarmog‘iga O‘zbekistondan sabzavot yetkazib berish boshlandi
Rossiyaning “Magnit” tarmog‘iga O‘zbekistondan sabzavot yetkazib berish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning “Magnit” tarmog‘i O‘zbekistondan fermer sabzavotlarining birinchi partiyasini qabul qildi. Loyiha doirasida 2026-yilda kamida 1500 tonna meva-sabzavotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish rejalashtirilgan.
2026-04-14T15:06+0500
2026-04-14T15:06+0500
2026-04-14T15:06+0500
o‘zbekiston
rossiya
savdo
eksport
fermerlar
mahsulot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18183059_0:55:3073:1783_1920x0_80_0_0_fd7d554e8dc7090f5a4591cbc3acc41d.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning yetakchi chakana tarmoqlaridan biri bo‘lgan “Magnit” O‘zbekistondan fermer sabzavotlarining ilk partiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qildi. Gap Uzagrostar Holding davlat kompaniyasi orqali agroagregator modelida tashkil etilgan yetkazib berish haqida bormoqda.Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 17 tonna sabzidan iborat birinchi partiya Sterlitamakdagi tarqatish markaziga yetib kelgan. Sabzi Farg‘ona vodiysi fermerlaridan qabul qilinib, Uzagrostar omborlarida “Magnit” standartlari asosida saralangan va jo‘natilgan.Loyiha “Magnit” va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida 2025-yilda imzolangan kelishuv doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Uning maqsadi — Rossiya bozorini past mavsumda yangi sabzavot va mevalar bilan ta’minlash. “Magnit-Agrofermer” bosh direktori Pavel Rojkovning aytishicha, vositachilarsiz yetkazib berish mahsulotni fermerdan do‘kon peshtaxtasigacha taxminan 10 kunda olib chiqish va narxni minimal darajada ushlab turish imkonini beradi. Kompaniya yil davomida yetkazib berish geografiyasini Sibir, Ural, Moskva va boshia mintaqalargacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.Uzagrostar Holding bosh direktori Fazliddin Muhiddinovga ko‘ra, “Magnit” O‘zbekiston fermer mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilishni boshlagan birinchi Rossiya riteyl kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya kelgusida bunday eksport kanalini Rossiyadan tashqari Xitoy, BAA va boshqa bozorlarda ham rivojlantirmoqchi.
https://oz.sputniknews.uz/20260311/belarus-savdo-tarmoqlar-ozbek-mahsulot-56215670.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18183059_162:0:2893:2048_1920x0_80_0_0_1f23511831c2124523d720b3cebc0a62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyaning “magnit” tarmog‘i o‘zbekistondan fermer sabzavotlarining birinchi partiyasini qabul qildi. loyiha doirasida 2026-yilda kamida 1500 tonna meva-sabzavotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish rejalashtirilgan.
rossiyaning “magnit” tarmog‘i o‘zbekistondan fermer sabzavotlarining birinchi partiyasini qabul qildi. loyiha doirasida 2026-yilda kamida 1500 tonna meva-sabzavotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish rejalashtirilgan.
Rossiyaning “Magnit” tarmog‘iga O‘zbekistondan sabzavot yetkazib berish boshlandi
Vositachilarsiz yo‘lga qo‘yilgan yangi sxema o‘zbekistonlik fermerlar mahsulotini Rossiya do‘konlariga tezroq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarishga qaratilgan.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning yetakchi chakana tarmoqlaridan biri bo‘lgan “Magnit” O‘zbekistondan fermer sabzavotlarining ilk partiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xarid qildi. Gap Uzagrostar Holding davlat kompaniyasi orqali agroagregator modelida tashkil etilgan yetkazib berish haqida bormoqda.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 17 tonna sabzidan iborat birinchi partiya Sterlitamakdagi tarqatish markaziga yetib kelgan. Sabzi Farg‘ona vodiysi fermerlaridan qabul qilinib, Uzagrostar omborlarida “Magnit” standartlari asosida saralangan va jo‘natilgan.
Loyiha “Magnit” va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida 2025-yilda imzolangan kelishuv doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Uning maqsadi — Rossiya bozorini past mavsumda yangi sabzavot va mevalar bilan ta’minlash.
2026 yilda O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida kamida 1500 tonna meva-sabzavot yetkazib berish rejalashtirilgan.
“Magnit-Agrofermer” bosh direktori Pavel Rojkovning aytishicha, vositachilarsiz yetkazib berish mahsulotni fermerdan do‘kon peshtaxtasigacha taxminan 10 kunda olib chiqish va narxni minimal darajada ushlab turish imkonini beradi. Kompaniya yil davomida yetkazib berish geografiyasini Sibir, Ural, Moskva va boshia mintaqalargacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Uzagrostar Holding bosh direktori Fazliddin Muhiddinovga ko‘ra, “Magnit” O‘zbekiston fermer mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilishni boshlagan birinchi Rossiya riteyl kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya kelgusida bunday eksport kanalini Rossiyadan tashqari Xitoy, BAA va boshqa bozorlarda ham rivojlantirmoqchi.