https://oz.sputniknews.uz/20260413/aripov-mishustin-qoshma-komissiya-yigilish-56875120.html
Aripov va Mishustin qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi: asosiy masalalar
Aripov va Mishustin qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi: asosiy masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin bugun Moskvada O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma komissiyasining 6-yig‘ilishini o‘tkazadi. Tomonlar savdo, sanoat, energetika, transport, ta’lim va qo‘shma loyihalarni muhokama qiladi.
2026-04-13T11:11+0500
2026-04-13T11:11+0500
2026-04-13T12:46+0500
abdulla aripov
mixail mishustin
hamkorlik
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/12/53564256_0:43:3072:1771_1920x0_80_0_0_0596f33804b41c20c36587a1b6d61f1c.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bugun Moskvada ikki mamlakat hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 6-yig‘ilishini o‘tkazadi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnologik va madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.Shuningdek, sanoat, energetika, jumladan tinch atom energetikasi, transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.Komissiya haqidaQo‘shma komissiya Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil oktabr oyida tashkil etilgan. Birinchi yig‘ilish 2019-yil 30-mayda Urganchda bo‘lib o‘tgan.Rossiya va O‘zbekiston munosabatlariRossiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokidagi 3 mingdan ortiq korxona, Rossiyada esa O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 700 ga yaqin kompaniya faoliyat yuritmoqda. Bu xorijiy kapital ishtirokidagi jami korxonalarning salmoqli qismini tashkil etadi.O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 115 tadan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ularning umumiy qiymati 3,2 trln rubldan oshadi.Energetika ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jumladan, “Rosatom” ishtirokida Jizzax viloyatida atom energetikasi loyihasi ilgari surilmoqda. Toshkent va Jizzax viloyatlarida qo‘shma texnoparklar faoliyat yuritmoqda. Navoiy, Toshkent va Buxoro viloyatlarida yana uchta sanoat maydonchasini ishga tushirish rejalashtirilgan.Ta’lim sohasida ham hamkorlik faol. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda, shundan 3 tasi yaratilish jarayonida.Rossiya va O‘zbekiston, shuningdek, MDH va ShHT kabi ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida ham hamkorlik qilib kelmoqda.O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Bu maqom unga 2020-yil 11-dekabrda berilgan. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston hukumati 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlarini ham muhokama qilib kelmoqda.Shuningdek, O‘zbekiston 2025-yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shildi va bankning yettinchi a’zosiga aylandi. Mamlakat YeOTB kapitalida 10 foiz ulushga ega bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260327/ozbekiston-eoii-aripov-56541143.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/12/53564256_17:0:2748:2048_1920x0_80_0_0_451ba200c29d5a568e1d6e44d88248da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, abdulla aripov, mixail mishustin, moskva, qo‘shma komissiya, 6-yig‘ilish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat, energetika, tinch atom energetikasi, transport, ta’lim, qo‘shma loyihalar
o‘zbekiston, rossiya, abdulla aripov, mixail mishustin, moskva, qo‘shma komissiya, 6-yig‘ilish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat, energetika, tinch atom energetikasi, transport, ta’lim, qo‘shma loyihalar
Aripov va Mishustin qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi: asosiy masalalar
11:11 13.04.2026 (yangilandi: 12:46 13.04.2026) Yig‘ilishda ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar ijrosi va savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnologik hamda madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bugun Moskvada ikki mamlakat hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 6-yig‘ilishini o‘tkazadi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini
muhokama qiladi.
Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnologik va madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Shuningdek, sanoat, energetika, jumladan tinch atom energetikasi, transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Qo‘shma komissiya Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil oktabr oyida
tashkil etilgan. Birinchi yig‘ilish 2019-yil 30-mayda Urganchda bo‘lib o‘tgan.
Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari
Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokidagi 3 mingdan ortiq korxona, Rossiyada esa O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 700 ga yaqin kompaniya faoliyat yuritmoqda. Bu xorijiy kapital ishtirokidagi jami korxonalarning salmoqli qismini tashkil etadi.
O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 115 tadan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ularning umumiy qiymati 3,2 trln rubldan oshadi.
Energetika ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jumladan, “Rosatom” ishtirokida Jizzax viloyatida atom energetikasi loyihasi ilgari surilmoqda.
Toshkent va Jizzax viloyatlarida qo‘shma texnoparklar faoliyat yuritmoqda. Navoiy, Toshkent va Buxoro viloyatlarida yana uchta sanoat maydonchasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ta’lim sohasida ham hamkorlik faol. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda, shundan 3 tasi yaratilish jarayonida.
Rossiya va O‘zbekiston, shuningdek, MDH va ShHT kabi ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida ham hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Bu maqom unga 2020-yil 11-dekabrda berilgan. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston hukumati 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlarini ham muhokama qilib kelmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston 2025-yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shildi va bankning yettinchi a’zosiga aylandi. Mamlakat YeOTB kapitalida 10 foiz ulushga ega bo‘ldi.