AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi — tomonlar bayonotlari

© AP Photo / / Anjum NaveedV Islamabade sostoyalis peregovori predstaviteley SShA i Irana.
V Islamabade sostoyalis peregovori predstaviteley SShA i Irana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2026
Obuna bo‘lish
Islomoboddagi 21 soatlik muzokaralar yakunida AQSh va Eron bitimga erisha olmadi. 7-aprelda boshlangan ikki haftalik sulh hozircha saqlanib turibdi, ammo asosiy kelishmovchiliklar ochiq qolmoqda.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik.Islomobodda 21 soat davom etgan muzokaralar yakunida AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha bitimga erisha olmadi. Ikki haftalik sulh hozircha rasman bekor qilingani yo‘q, ammo tomonlar o‘rtasidagi asosiy ixtiloflar — yadro dasturi, Hurmuz bo‘g‘ozi, sanksiyalar va reparatsiyalar — ochiq qolmoqda.
Muzokaralardan keyin Vashington ham, Tehron ham natijasiz yakunni o‘zicha izohladi. AQSh buni Eronning Vashington shartlarini qabul qilmagani bilan bog‘lasa, Eron tomoni asosiy to‘siq sifatida AQShning “yuqori talablari” va o‘zaro ishonch yo‘qligini ko‘rsatdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagai muzokaralarda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha yaqinlashuv bo‘lganini aytdi, ammo hal qiluvchi nuqtalarda farq saqlanib qolganini tan oldi:
“Biz bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdik, ammo 2-3 ta muhim masala bo‘yicha qarashlar bir-biridan uzoq edi.”
Bagai shu bilan birga bu muloqotlar boshidanoq oson kechmasligi ma’lum bo‘lganini ta’kidladi:
“Bu muzokaralar ishonchsizlik va shubha muhitida o‘tkazildi.”
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens esa ancha keskin chiqish qildi. U muzokaralar tugaganini ochiq tan olib, Vashingtonning asosiy “qizil chizig‘i” Eronning yadroviy quroldan voz kechishi bo‘lganini bildirdi.

“Yomon xabar shundaki, biz kelishuvga erisha olmadik,”- dedi Vens

Vensning eng qattiq gaplaridan biri muzokaralar natijasiga baho berishda yangradi:
“Menimcha, bu Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaraganda Eron uchun yomonroq xabar”- dedi u.
U, shuningdek, Tehronni bevosita aybladi:
“Ular bizning shartlarimizni qabul qilmaslikka qaror qilishdi.”
AQSh prezidenti Donald Tramp esa muzokaralar natijasiga nisbatan yanada sovuqroq munosabat bildirdi.
“Biz kelishuv tuzamizmi yoki yo‘qmi, bu men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas... biz g‘alaba qozondik,” - dedi Tramp.
G‘arb ommaviy axborot vositalari ham muzokaralarning natijasiz tugaganini, ammo sulhning hali butunlay qulagani yo‘qligini ta’kidladi. Reuters muzokaralarga asosiy to‘siq sifatida yadro masalasi va Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi kelishmovchiliklarni ko‘rsatdi. AP esa bitim chiqmagani ikki haftalik sulh taqdirini noaniq holatda qoldirganini yozdi. Eronga yaqin Fars agentligi esa AQShning “yuqori talablari”ni asosiy muammo deb atadi.
Shu tariqa, Islomobod muzokaralari urushni to‘xtatish bo‘yicha siyosiy kelishuvga olib kelmadi. Hozircha sulh formal jihatdan saqlanib turibdi, ammo tomonlar bayonotlaridan ko‘rinib turibdiki, muzokaralardan ko‘ra o‘zaro bosim va keskin ritorika hali kuchliroq.
Pokistonda Eron-AQSh muzokaralari. Illyustrativ surat.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2026
Pokistonda Eron-AQSh muzokaralari bo‘yicha nimalar ma’lum
Yangiliklar lentasi
0