https://oz.sputniknews.uz/20260412/eec-amcham-russia-muloqot-56870012.html
YeIK va Rossiyadagi Amerika savdo palatasi muloqotni kengaytirmoqda
YeIK va Rossiyadagi Amerika savdo palatasi muloqotni kengaytirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi Amerika savdo palatasining 12-yillik konferensiyasida YeIK vakillari textartibga solish va raqobat qoidalari bo‘yicha kun tartibini muhokama qildi. Tomonlar muloqoti bir sohadan kengroq formatga chiqqani ta’kidlanmoqda
2026-04-12T17:51+0500
2026-04-12T17:51+0500
2026-04-12T17:51+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
aqsh
raqamli texnologiyalar
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/02/53889558_0:98:1018:671_1920x0_80_0_0_e3371d49bfc241317b00412ee3b74ad3.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Rossiyadagi Amerika savdo palatasi o‘rtasidagi muloqot davom etmoqda. Moskvada bo‘lib o‘tgan ushbu palataning 12-yillik konferensiyasida YeIK vakillari texnik tartibga solish, biznes muhiti va raqobat siyosatiga oid masalalarni muhokama qildi.YeIKning texnik tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori Serik Qusainov YeOII mamlakatlarida ichki bozorni xavfli mahsulotlardan himoya qilish mexanizmlari yaratilganini ta’kidladi. Qusainov “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish rejasi yagona texnik tartibga solish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ichki jarayonlarni takomillashtirish va avtomatlashtirishni nazarda tutishini aytdi.Shu bilan birga, u majburiy talablarni belgilashda biznes ishtirokini kuchaytirish, ammo iste’molchilar xavfsizligi bilan muvozanatni saqlash muhimligini qayd etdi.Konferensiyada kimoviy va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar sinov natijalarini o‘zaro tan olish, muvofiqlikni baholash jarayonlarini raqamlashtirish va elektron sertifikatlarga o‘tish masalalari ham muhokama qilindi.Shu bilan birga, muloqot faqat texnik tartibga solish bilan cheklanmadi. YeIKning iqtisodiyot va moliyaviy siyosat bo‘yicha vaziri Baxit Sultanov biznes uchun shart-sharoitlar, kooperatsiya va xizmatlar bozorini kengaytirish haqida gapirgan, raqobat va antimonopoliya yo‘nalishi vakillari esa transchegaraviy bozorlardagi qoidalarni tushuntirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260410/eik-malayziya-56824507.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/02/53889558_113:0:1018:679_1920x0_80_0_0_8219287b8db8d6f76438424e42aaa75c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeik, yeoii, amerika savdo palatasi, rossiya, texnik tartibga solish, akkreditatsiya, raqamlashtirish, elektron sertifikatlar, antimonopoliya, biznes muhiti
yeik, yeoii, amerika savdo palatasi, rossiya, texnik tartibga solish, akkreditatsiya, raqamlashtirish, elektron sertifikatlar, antimonopoliya, biznes muhiti
YeIK va Rossiyadagi Amerika savdo palatasi muloqotni kengaytirmoqda
Rossiyadagi Amerika savdo palatasining yillik konferensiyasida YeIK vakillari textartibga solish, biznes muhiti va raqobat qoidalariga oid kun tartibini muhokama qildi
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Rossiyadagi Amerika savdo palatasi o‘rtasidagi muloqot davom etmoqda. Moskvada bo‘lib o‘tgan ushbu palataning 12-yillik konferensiyasida YeIK vakillari texnik tartibga solish, biznes muhiti va raqobat siyosatiga oid masalalarni
muhokama qildi.
YeIKning texnik tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori Serik Qusainov YeOII mamlakatlarida ichki bozorni xavfli mahsulotlardan himoya qilish mexanizmlari yaratilganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, endi asosiy e’tibor texnik tartibga solishni raqamlashtirish, texnik reglament va standartlarni takomillashtirish, mahsulot muvofiqligini baholash tartib-taomillarini yangilashga qaratilmoqda.
Qusainov “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish rejasi yagona texnik tartibga solish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ichki jarayonlarni takomillashtirish va avtomatlashtirishni nazarda tutishini aytdi.
Shu bilan birga, u majburiy talablarni belgilashda biznes ishtirokini kuchaytirish, ammo iste’molchilar xavfsizligi bilan muvozanatni saqlash muhimligini qayd etdi.
Konferensiyada kimoviy va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar sinov natijalarini o‘zaro tan olish, muvofiqlikni baholash jarayonlarini raqamlashtirish va elektron sertifikatlarga o‘tish masalalari ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, muloqot faqat texnik tartibga solish bilan cheklanmadi. YeIKning iqtisodiyot va moliyaviy siyosat bo‘yicha vaziri Baxit Sultanov biznes uchun shart-sharoitlar, kooperatsiya va xizmatlar bozorini kengaytirish haqida gapirgan, raqobat va antimonopoliya yo‘nalishi vakillari esa transchegaraviy bozorlardagi qoidalarni tushuntirgan.