O‘zbekiston yoshlari o‘qish maqsadida eng ko‘p qayerga bormoqda?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari o‘qish uchun asosan Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Tojikiston va Qirg‘izistonni tanlamoqda.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida jami 3964 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga kamaygan.

Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p borgan davlatlar: Rossiya – 989 nafar; Koreya – 679 nafar; Qirg‘iz R. – 639 nafar; Turkiya – 300 nafar; Tojikiston – 276 nafar; Xitoy – 252 nafar; Boshqa davlatlar – 829 nafar.
Yangiliklar lentasi
0