Xorijda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova
Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
Obuna bo‘lish
Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekiston hukumatining 9-apreldagi qarori bilan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.
Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YaIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
dissertatsiyaning nusxasi.
Hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda o‘qituvchi boshqa a’zo davlatda ishga joylashganda ilmiy unvonini qayta tasdiqlamaydi
Yangiliklar lentasi
0