O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlarining o‘zgarishi

Obuna bo‘lish
Mart oyida bodring 20,7 foizga arzonlagan, pomidor esa aksincha 11,5 foizga qimmatlagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, meva-sabzavotlar narxi ta’sirini hisobga olmaganda, mart oyida oylik inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu oyida bu ko‘rsatkich 0,9 foiz bo‘lgan.
2026 yil mart oyida umumiy oylik INI 100,6%, yillik inflyatsiya esa 107,1 foiz bo‘lgan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 1,2 foizga oshgan, biroq ayrim sabzavotlarda keskin pasayish ham kuzatilgan: masalan, bodring 20,7 foizga arzonlagan, pomidor esa aksincha 11,5 foizga qimmatlagan.
Mart oyida narxi oshgan ayrim mahsulotlar

Mahsulot nomi

2026 yil fevralga nisbatan

2025 yil martga nisbatan

Tuxum

+ 2,1%

+ 17%

Suyakli mol go‘shti

+ 1.8%

+ 15.1%

Qo‘y go‘shti

+ 1.2%

+ 18.2%

Suyaksiz mol go‘shti

+ 1.2%

+ 15.5%

Tirik va sovutilgan baliq

+ 1.7%

+ 5.3%

Mart oyida narxi pasaygan ayrim mahsulotlar

Mahsulot nomi

2026 yil fevralga nisbatan

2025 yil martga nisbatan

Guruch va guruch oqshog‘i

- 0.4%

- 12.3%

Parranda go‘shti

-0.4%

+7.1%

Pomidor

-11.5%

-6.5%

Kartoshka

-9.8%

+16.5%

Piyoz

-4.6%

-9.2%

Yangiliklar lentasi
0