https://oz.sputniknews.uz/20260409/jamoat-xavfsizlik-isloh-takliflar-maqullanish-56788129.html
Mirziyoyev jamoat xavfsizligi tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflarni ma’qulladi
Mirziyoyev jamoat xavfsizligi tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflarni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Profilaktika inspektorlarini ortiqcha vazifalardan ozod qilish, elektron tizimlar, ma’muriy ogohlantirish va dual ta’limga oid takliflar ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev ularni ma’qullab, topshiriqlar berdi
2026-04-09T09:25+0500
2026-04-09T09:25+0500
2026-04-09T10:04+0500
shavkat mirziyoyev
iiv
inspektor
mahalla
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/09/56788497_0:79:1280:799_1920x0_80_0_0_19c4dc6a389578b6abc3d8e01849a830.jpg
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ularga ko‘ra, profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan ozod qilinib, mahallada xavfsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga to‘liq yo‘naltiriladi.Shuningdek, kunlik onlayn yo‘riqnoma, “Mening inspektorim” elektron tizimi, elektron ma’lumot almashish, onlayn malaka oshirish va “jamoat yordamchisi” guruhlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari, maktab inspektor-psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarni bog‘laydigan yagona axborot tizimi yaratiladi. Kadrlar tayyorlash masalasidagi takliflar ham ko‘rib chiqildi, jumladan::Prezident takliflarni ma’qulladi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi
https://oz.sputniknews.uz/20260127/jinoyatchilik-kurash-yangi-tizim-55309047.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/09/56788497_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_528ff225c4027ff292dcd705f98f89d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, jamoat xavfsizligi, profilaktika inspektori, iiv, mahalla xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, mening inspektorim, dual ta’lim, yagona axborot tizimi
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, jamoat xavfsizligi, profilaktika inspektori, iiv, mahalla xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, mening inspektorim, dual ta’lim, yagona axborot tizimi
Mirziyoyev jamoat xavfsizligi tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflarni ma’qulladi
09:25 09.04.2026 (yangilandi: 10:04 09.04.2026) Mahallalarda xavfsizlikni kuchaytirish uchun inspektorlar ishi qayta tashkil etilishi, elektron platforma va yagona axborot bazasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ularga ko‘ra, profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan ozod qilinib, mahallada xavfsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga to‘liq yo‘naltiriladi.
Shuningdek, kunlik onlayn yo‘riqnoma, “Mening inspektorim” elektron tizimi, elektron ma’lumot almashish, onlayn malaka oshirish va “jamoat yordamchisi” guruhlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha inspektorlarga qaror qabul qilish vakolati berilishi, 6 ta kam ahamiyatli qilmish uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etilishi taklif qilindi.
Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari, maktab inspektor-psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarni bog‘laydigan yagona axborot tizimi yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash masalasidagi takliflar ham ko‘rib chiqildi, jumladan::
jamoat xavfsizligi kadrlarini dual ta’lim asosida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
o‘qish jarayonida nazariya va amaliyot nisbatini 1-kursda 80/20, 2-kursda 60/40, 3-kursda 50/50 shaklida tashkil etish;
tinglovchi va talabalarni stajor lavozimiga tayinlab, murabbiy nazorati ostida mustaqil ishlashga jalb qilish;
bitiruvchilar faoliyatini 5-yil davomida monitoring qilib, malakasini doimiy oshirib borish.
Prezident takliflarni ma’qulladi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi