Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadan Welt videoreportaji: “Frontda halok bo‘lganlarni dafn qilishga ulgurishmayapti”

© AP Photo / Francisco SecoMogili pogibshix ukrainskix voyennix
Mogili pogibshix ukrainskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Obuna bo‘lish
Welt muxbiri Lvovdagi harbiy qabristondan tayyorlagan reportajida u yerda halok bo‘lganlarni dafn qilishga ulgurilmayotgani va qabristonda joy tanqisligi yuzaga kelganini bildirdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Germaniyaning Welt nashri muxbiri Shteffen Shvarskopf Lvov chekkasidagi qabristondan tayyorlagan videoreportajida u yerda halok bo‘lgan ukrain harbiylari dafn etilayotgan hududlar tobora kengayib borayotganini ta’kidladi.
“Biz hozir Lvov chekkasidagi askarlar qabristonidamiz. Qizig‘i shundaki, aynan shunday joylar Ukraina hozir qanday qonli narx to‘layotganini ko‘rsatadi. Qabristonning o‘zida halok bo‘lganlarning barchasi uchun joy qolmagan”, — dedi jurnalist.
Shvarskopfning aytishicha, qabriston hududini kengaytirish uchun uning yonidagi avtoturargohni buzishga to‘g‘ri kelgan.
“Bu yerda frontda halok bo‘lganlarni dafn qilishga ulgurishmayapti”, — deya xulosa qildi u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2025-yil 11-dekabr kuni Ukraina bo‘yicha elchixonalar davra suhbatida Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari, “ko‘plab mustaqil baholarga ko‘ra”, allaqachon 1 milliondan oshganini aytgan.

Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov esa o‘sha oyda Mudofaa vazirligi hay’ati kengaytirilgan yig‘ilishida 2025-yilning o‘zida Ukraina armiyasi qariyb 500 ming harbiyni yo‘qotganini bildirgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ukrainskiy ombudsmen pojalovalas na travlyu voyennoslujashix shkolnikami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada safarbarlik va demografik inqiroz: millionlab odamlar ketmoqda
Yangiliklar lentasi
0