Rossiya va O‘zbekiston prokuraturalari yangi hamkorlik dasturini imzoladi

© Generalnaya prokuratura RFAleksandr Gutsan podpisal s Genprokurorom Uzbekistana novuyu Programmu sotrudnichestva v Tashkente
Aleksandr Gutsan podpisal s Genprokurorom Uzbekistana novuyu Programmu sotrudnichestva v Tashkente
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikki davlat prokuraturalarining hamkorlik dasturi imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarga jinoiy jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkonini beruvchi shartnomani imzolash taklifi ilgari surildi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsanning tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aleksandr Gutsan o‘tgan yili tuzilgan migratsiya masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh har ikki davlat fuqarolari huquqlarini himoya qilishga salmoqli hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.
“Mamlakatlarimizda ekstremistik va terroristik mafkuraning tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish, shuningdek millatlararo nafrat va adovatni qo‘zg‘atuvchi noqonuniy kontentga kirishni zudlik bilan bloklash bo‘yicha hamkorlik parametrlarini ishlab chiqish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni ayniqsa muhim deb hisoblayman”, — dedi u.
© Generalnaya prokuratura RFAleksandr Gutsan podpisal s Genprokurorom Uzbekistana novuyu Programmu sotrudnichestva v Tashkente
Aleksandr Gutsan podpisal s Genprokurorom Uzbekistana novuyu Programmu sotrudnichestva v Tashkente
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Aleksandr Gutsan podpisal s Genprokurorom Uzbekistana novuyu Programmu sotrudnichestva v Tashkente
Shuningdek, Rossiya tomoni hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish doirasida Rossiya va O‘zbekiston fuqarolariga har biri o‘z mamlakatida jinoiy jazoni o‘tash imkonini beruvchi, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashni taklif qildi.
Gutsan Nig‘matilla Yo‘ldoshevni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida uchrashuv o‘tkazishga taklif etdi. U, shuningdek, Rossiya prokuraturasi tomonlarni qiziqtirgan har qanday masala bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida ilg‘or tajriba almashishni davom ettirish maqsadida ikki mamlakat nazorat idoralarining 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

“Ishonchim komilki, unda nazarda tutilgan ekspert uchrashuvlarining muntazam o‘tkazilishi professional aloqalarni mustahkamlaydi va mamlakatlarimizda yuzaga kelayotgan yangi tahdidlarga birgalikda samarali javob topish imkonini beradi”, — deya xulosa qildi Aleksandr Gutsan.

Ma’lumot uchun: Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Munosabatlarni rivojlantirishda Rossiya va O‘zbekiston Bosh prokuraturalari rahbariyati darajasidagi muntazam uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega. 2014-yildan buyon ikki mamlakat nazorat idoralari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim amal qilmoqda. Uchta qo‘shma hamkorlik dasturi (2019-2020, 2021-2023 va 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan) amalga oshirildi. 2021-yilda ikki davlat prokurorlari o‘rtasida fan va ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 2022-yilda Rossiya Prokuraturasi universiteti va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. 2025-yilda migratsiya sohasidagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston idoralararo ishchi guruhi tuzildi.

KengaytirishYig‘ishtirish
V Uzbekistan s rabochim vizitom pribil Genprokuror RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Rossiya bosh prokurori O‘zbekistonga tashrif buyurdi — yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0