Oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan 4 foizga oshdi, martga nisbatan esa pasaydi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevVxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Obuna bo‘lish
Yil boshida zaxiralar o‘sib borgan: 1-fevral holatiga 75,08 mlrd dollar, 1-mart holatiga 77,08 mlrd dollar bo‘lgan.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari 2026-yilning yanvar-mart oylarida o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan 4 foizga oshib, 68,99 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning rasmiy ma’lumotlarida keltirilgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, zaxiralar tarkibida asosiy ulushni monetar oltin tashkil etgan. Uning qiymati uch oy ichida 10,4 foizga oshib, 60,85 mlrd dollarga yetgan. Ayni paytda xorijiy valyutadagi aktivlar 1,4 barobarga kamayib, 7,57 mlrd dollarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, monetar oltinning jismoniy hajmi ham oshgan. Xususan, uch oy davomida bu ko‘rsatkich 12,6 mln troya unsiyasidan 13,4 mln troya unsiyasiga (taxminan 392 tonnadan 417 tonnagacha) yetgan.
Shu jihatdan qaralganda, zaxiralar o‘sishi asosan valyuta aktivlari emas, aynan oltin hissasiga ta’minlangani ko‘rinadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, aprel boshiga kelib O‘zbekiston zaxiralarining qariyb 88,2 foizi monetar oltin hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, yil boshida zaxiralar o‘sib borgan: 1-fevral holatiga 75,08 mlrd dollar, 1-mart holatiga 77,08 mlrd dollar bo‘lgan. Biroq 1-aprel holatiga kelib bu ko‘rsatkich 68,99 mlrd dollarga tushdi.
Zoloto_v_mejdunarodnix_rezervax_Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Narx va hajm o‘sishi: O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida qancha oltin bor
Yangiliklar lentasi
0