Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Vens: Yevropa Ukraina mojarosiga olib kelgan shart-sharoitlarga o‘zi hissa qo‘shgan

© REUTERSVitse-prezident SShA Vens: Yevropeyskie strani sami poseyali zerna ukrainskogo konflikta
Vitse-prezident SShA Vens: Yevropeyskie strani sami poseyali zerna ukrainskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Obuna bo‘lish
AQSh vetse-prezidenti Ukraina maxsus xizmatlari AQSh va Vengriya saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringani haqida ma’lumotlar mavjudligini aytdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Budapeshtda Yevropa Ukraina mojarosining ildizlariga o‘zi ham hissa qo‘shganini aytdi va inqirozga muzokaralar orqali yechim izlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u Budapeshtda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu mojaroning urug‘lari jangovar harakatlar boshlanishidan ancha oldin ekilgan”, — dedi Vens.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inqiroz ildizlaridan biri Yevropa energetika siyosati bo‘lgan.

"Yevropa yetakchilari o‘ziga xos energetika iqtisodiyotiga chuqur sho‘ng‘ishga qaror qilib, amalda o‘zlarini Sharqdan keladigan neft va tabiiy gazdan uzib qo‘yishganida. Bu o‘shanda ham katta xato edi, hozir ham katta xato ekani aniq", - dedi AQSh vitse-prezidenti.

U Ukraina bo‘yicha mojaroni harbiy yo‘l emas, balki muzokaralar orqali yechim izlash zarurligini aytdi. U Viktor Orbanni “tinchlikka erishish uchun ukrainlar va ruslarga nima kerakligini tushunishga yordam berayotgan” siyosatchi sifatida ta’rifladi.
Vens, shuningdek, Ukraina maxsus xizmatlari AQSh va Vengriya saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringani haqida ma’lumotlar mavjudligini aytdi.
Orban ham YeI Ukraina bo‘yicha strategiyasini tanqid qildi. Uning fikricha, bu yondashuv o‘zini oqlamadi va natijada Rossiya yanada kuchliroq holatga kelib qoldi. Vengriya hukumati avval ham Ukrainaga moliyaviy yordam masalasida Brussel bilan keskin tortishib kelgan: mart oyida Budapesht Kiyev uchun ajratilishi kerak bo‘lgan 90 milliard yevroli kredit berilishini to‘sib qo‘ygan edi.
Bu masala Kiyev uchun ayniqsa muhim hisoblanadi. Ukraina 2026-yilda tashqi moliyalashtirishga juda qattiq muhtoj bo‘lib turibdi, Vengriyaning pozitsiyasi esa budjet bosimini yanada kuchaytirgan.
Vitse-prezident SShA Djey Di Vens  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Vens: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Kiyevga g‘alaba qozonishga yordam beradi deb o‘ylash xomxayol
Yangiliklar lentasi
0