Palov indeksi: Toshkentda osh tayyorlash Qoraqalpog‘istondan 20 foizga qimmat

Obuna bo‘lish
Mart oyi hisob-kitobiga ko‘ra, 1 kilogramm palov tayyorlash Toshkent shahrida eng qimmat, Qoraqalpog‘istonda esa eng arzon bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil mart oyida 1 kilogramm palov tayyorlashning hududlar kesimida hisoblangan eng yuqori qiymati Toshkent shahrida, eng past qiymati esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan. Toshkent shahrida palov tayyorlash Qoraqalpog‘istonga nisbatan taxminan 20 foizga qimmatroqqa tushadi.
Hisob-kitob uchun palov tayyorlashda odatda ishlatiladigan asosiy mahsulotlar olingan. Jumladan, 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm guruch, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm osh tuzi inobatga olingan.
Shu bilan birga, qo‘mita keltirilgan raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning o‘rtacha narxlari asosida hisoblangan qiymatni ifodalashini alohida ta’kidlagan.
Palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari bilan Sputnik O‘zbekiston infografikasida batafsil tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0