https://oz.sputniknews.uz/20260407/nkmk-oltin-ishlab-chiqarish-56750734.html
NKMK 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarishni 125 tonnaga yetkazmoqchi
NKMK 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarishni 125 tonnaga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, NKMK 2030-yilga borib yillik oltin ishlab chiqarishni 125 tonnaga, kumushni esa 200 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kombinat 2025-yilda 98,2 tonna oltin ishlab chiqargan.
2026-04-07T11:38+0500
2026-04-07T11:38+0500
2026-04-07T11:45+0500
o‘zbekiston
iqtisod
navoiy tog‘-metallurgiya zavodi
oltin koni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18121318_201:542:2877:2047_1920x0_80_0_0_bb9d7f075b2310f0d251316ee7184a99.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2030-yilga borib yillik oltin ishlab chiqarishni 125 tonnaga, kumush ishlab chiqarishni esa 200 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.Bu haqda RIA Novosti investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.Bu maqsadlarga erishish uchun NKMKda yirik investitsiya loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.NKMKning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, kombinat 2025-yil yakunlari bo‘yicha 98,2 tonna oltin ishlab chiqardi, bu bir yil oldingidan 2,1 foizga ko‘p. Shuningdek, 2025-yilda korxona 135,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, investitsiya dasturi doirasida 561 million dollar o‘zlashtirgan.Shu bilan birga, prezidentning Oliy Majlisga murojaatida Navoiydagi oltin konlarida yangi loyihalarni ishga tushirish, “Muruntov”ning navbatdagi bosqichi va kumush konlari bo‘yicha yirik tashabbuslar hisobidan 2030-yilgacha mamlakat bo‘yicha oltin ishlab chiqarishni 175 tonnaga yetkazish rejasi ham aytilgan. Ma’lumot uchun: NKMK oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Kombinatda so‘nggi yillarda qimmatbaho metall ishlab chiqarish yiliga 100 tonna atrofida bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251226/mirziyoev-oltin-ishlab-chiqarish-54486532.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18121318_611:625:2507:2047_1920x0_80_0_0_5bdfa21aaff6589a6c21b84a4d8528c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nkmk, navoiy kon-metallurgiya kombinati, oltin, kumush, muruntov, qoqpatas, dovg‘iztov, investitsiya, o‘zbekiston, qimmatbaho metall
nkmk, navoiy kon-metallurgiya kombinati, oltin, kumush, muruntov, qoqpatas, dovg‘iztov, investitsiya, o‘zbekiston, qimmatbaho metall
NKMK 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarishni 125 tonnaga yetkazmoqchi
11:38 07.04.2026 (yangilandi: 11:45 07.04.2026) Asosiy o‘sish Muruntov, Qoqpatas va Dovg‘iztov konlari hisobiga kutilmoqda.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2030-yilga borib yillik oltin ishlab chiqarishni 125 tonnaga, kumush ishlab chiqarishni esa 200 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda RIA Novosti investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi ma’lumotlariga tayanib
xabar berdi.
Bu maqsadlarga erishish uchun NKMKda yirik investitsiya loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
NKMKning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, kombinat 2025-yil yakunlari bo‘yicha 98,2 tonna oltin ishlab chiqardi, bu bir yil oldingidan 2,1 foizga ko‘p. Shuningdek, 2025-yilda korxona 135,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, investitsiya dasturi doirasida 561 million dollar o‘zlashtirgan.
Komissiya axborotiga ko‘ra, ishlab chiqarishni oshirishda Muruntov konini o‘zlashtirishning navbatdagi bosqichlari, gidrometallurgiya quvvatlarini kengaytirish, shuningdek, Qoqpatas va Dovg‘iztov konlarida qazib olish hajmlarini ko‘paytirish asosiy o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, prezidentning Oliy Majlisga murojaatida Navoiydagi oltin konlarida yangi loyihalarni ishga tushirish, “Muruntov”ning navbatdagi bosqichi va kumush konlari bo‘yicha yirik tashabbuslar hisobidan 2030-yilgacha mamlakat bo‘yicha oltin ishlab chiqarishni 175 tonnaga yetkazish rejasi ham aytilgan.
Ma’lumot uchun: NKMK oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Kombinatda so‘nggi yillarda qimmatbaho metall ishlab chiqarish yiliga 100 tonna atrofida bo‘lgan.