Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Bedarak yo‘qolgan ukrain harbiylari qarindoshlari Kiyevda mitingga chiqdi

© Kadri iz sosseteyRodstvenniki propavshix bez vesti soldat VSU vishli na miting v sentre Kiyeva
Rodstvenniki propavshix bez vesti soldat VSU vishli na miting v sentre Kiyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2026
Obuna bo‘lish
Kiyevdagi aksiya qatnashchilari bedarak yo‘qolgan harbiylar oilalariga to‘lovlar tartibi o‘zgarishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining bedarak yo‘qolgan askarlarining qarindoshlari Kiyev markazidagi mitingga chiqishdi, ular, jumladan, rasmiylardan bunday harbiylarni to‘lov masalasida halok bo‘lganlar bilan tenglashtirishni talab qilishmoqda. Bu haqda Ukrainaning "Ukrinform" agentligi xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.

"Kiyev markazida bedarak yo‘qolgan harbiylarning oilalari aksiyaga chiqdi. Ular yo‘qolgan himoyachilar va ularning oilalariga nisbatan davlat siyosatini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda va ayrim qonunchilik tashabbuslariga qarshi chiqmoqda. Xususan, oilalar bedarak yo‘qolganlarni to‘lov masalasida halok bo‘lganlar bilan tenglashtirishni talab qilmoqda", - deyiladi xabarda.

Shu fonda Ukraina armiyasining yo‘qotishlari mavzusi yana dolzarblashdi. Fevral oyida Vladimir Zelenskiy 2022-yil fevralidan buyon taxminan 55 ming ukrain harbiysi halok bo‘lganini, bundan tashqari, “ko‘plab odamlar” rasman bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini aytgan edi.
29 mart kuni RIA Novosti 100-alohida mexanizatsiyalashgan brigadada xizmat qilgan asir so‘zlarini keltirib, u o‘z bo‘linmasida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarning “90 foizi amalda halok bo‘lgan”ini aytganini xabar qildi.

Rossiya tomoni Ukrainadagi rasmiylar Ukraina Qurolli kuchlari askarlari orasidagi yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlarni kamaytirib ko‘rsatayotgani haqida bir necha bor xabar bergan.

Avvalroq Rossiyaning KillNet xakerlik guruhi RIA Novostiga Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining 1,7 million halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan ukrainalik harbiylar haqidagi ma’lumotlar bazasini buzib kirganini tasdiqlagan edi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ranenie ukrainskie voyennoslujashie pod Xarkovom. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada aslida halok bo‘lgan bedaraklar, 1945-yilgi ratsiyalar, pul yuvish: asirlar hikoyalari
Yangiliklar lentasi
0