O‘zbekistonda mart oyi davomidagi inflyatsiya - infografika

Obuna bo‘lish
Mart oyida O‘zbekistonda tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,6 foizga oshdi, oziq-ovqat mahsulotlari esa 1,2 foizga qimmatlashdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil mart oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.
Yillik hisobda iste’mol narxlari indeksi 7,1 foizni tashkil etgan. Bu 2025-yil mart oyidagi 10,3 foizlik ko‘rsatkichga nisbatan 3,2 foiz bandiga past.
Mart oyida eng katta o‘sish oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan — ular narxi o‘rtacha 1,2 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, nooziq-ovqat tovarlari narxi o‘rtacha 0,3 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,2 foizga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0