Safarbarlikni kuchaytirish xavfi va 10-yillik urush haqidagi bayonotlar Ukrainada bahs uyg‘otdi
Safarbarlikni kuchaytirish xavfi va 10-yillik urush haqidagi bayonotlar Ukrainada bahs uyg‘otdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina harbiy ombudsmani Olga Reshetilova xizmatning aniq muddatlarini safarbarlikni kuchaytirmasdan joriy etish mumkin emasligini aytdi. Bu bayonot mamlakatda rotatsiya, safarbarlik va inson resursi bo‘yicha bahsni yana kuchaytirdi.
2026-04-06T18:48+0500
2026-04-06T18:48+0500
2026-04-06T18:49+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Ukraina hukumati qat’iy xizmat muddatlarini joriy etish bahonasida safarbarlikni kuchaytirishi mumkin, deb yozadi Ukrainaning "Strana.ua" nashri harbiy ombudsman Olga Reshetilovaga tayanib.Reshetilovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda xizmatning aniq muddatlarini belgilash variantlari ishlab chiqilmoqda, ammo buni safarbarlikni kuchaytirmasdan amalga oshirish mumkin emas.Uning ta’kidlashicha, safarbarlikdan bo‘yin tovlash, imtiyozli bronlar va korrupsion sxemalar sharoitida normal rotatsiya tuzib bo‘lmaydi. Reshetilova buni “huquqqa aniqlik kerak” degan tezis bilan izohlab, odamlar noaniqlikdan qo‘rqishini aytgan.Shu bilan birga, u xizmat muddatlari bo‘yicha “hammaga yoqadigan qarorlar” bo‘lmasligini va jamiyat bunga tayyor turishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.Ukraina parlamenti tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Aleksandr Merejkoning "The Independent" nashriga bergan intervyusida aytgan gaplari ham alohida bahs uyg‘otdi. Uning gaplariga ko‘ra, Ukrainada "inson resursi yana 10-yil va undan ham ko‘proq” urushni davom ettirishga yetarli. Merejko muammoni resurs yetishmovchiligidan ko‘ra, ko‘proq psixologik omil va safarbarlikka munosabat bilan bog‘ladi.Bu bayonotga Rada deputati Maksim Bujanskiy keskin javob berdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq RIA Novosti Dmitriy Lubines ma’lumotlariga tayanib, 2022-yildan beri qariyb 8,5 million Ukraina fuqarosi mamlakatni tark etgani haqida xabar qilgan edi.
ukraina, safarbarlik, olga reshetilova, harbiy ombudsman, xizmat muddatlari, rotatsiya, aleksandr merejko, maksim bujanskiy, dmitriy lubines, ukrainadan ketganlar
ukraina, safarbarlik, olga reshetilova, harbiy ombudsman, xizmat muddatlari, rotatsiya, aleksandr merejko, maksim bujanskiy, dmitriy lubines, ukrainadan ketganlar
Safarbarlikni kuchaytirish xavfi va 10-yillik urush haqidagi bayonotlar Ukrainada bahs uyg‘otdi
Ukraina harbiy ombudsmaniga ko‘ra, xizmatning aniq muddatlarini joriy etish safarbarlikni kuchaytirmasdan amalga oshmaydi: bu esa jamiyat uchun yanada og‘ir qarorlardan darak bermoqda.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Ukraina hukumati qat’iy xizmat muddatlarini joriy etish bahonasida safarbarlikni kuchaytirishi mumkin, deb yozadi Ukrainaning "Strana.ua" nashri harbiy ombudsman Olga Reshetilovaga tayanib.
Reshetilovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda xizmatning aniq muddatlarini belgilash variantlari ishlab chiqilmoqda, ammo buni safarbarlikni kuchaytirmasdan amalga oshirish mumkin emas.
Uning ta’kidlashicha, safarbarlikdan bo‘yin tovlash, imtiyozli bronlar va korrupsion sxemalar sharoitida normal rotatsiya tuzib bo‘lmaydi. Reshetilova buni “huquqqa aniqlik kerak” degan tezis bilan izohlab, odamlar noaniqlikdan qo‘rqishini aytgan.
“Odamlar noaniqlikdan qo‘rqishadi. Agar xizmat 2–3 yil davom etadi desak, unda hayotni rejalashtirish mumkin”, - dedi Reshetilova.
Shu bilan birga, u xizmat muddatlari bo‘yicha “hammaga yoqadigan qarorlar” bo‘lmasligini va jamiyat bunga tayyor turishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.
Ukraina parlamenti tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Aleksandr Merejkoning "The Independent" nashriga bergan intervyusida aytgan gaplari ham alohida bahs uyg‘otdi.
Uning gaplariga ko‘ra, Ukrainada "inson resursi yana 10-yil va undan ham ko‘proq” urushni davom ettirishga yetarli. Merejko muammoni resurs yetishmovchiligidan ko‘ra, ko‘proq psixologik omil va safarbarlikka munosabat bilan bog‘ladi.
Bu bayonotga Rada deputati Maksim Bujanskiy keskin javob berdi.
“Agar xalq deputati Merejko shu o‘n yil ichida aynan qanchasini shaxsan o‘zi jang qilmoqchi ekanini darhol ko‘rsatsa, adolatli va halol bo‘lardi”, - deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RIA Novosti Dmitriy Lubines ma’lumotlariga tayanib, 2022-yildan beri qariyb 8,5 million Ukraina fuqarosi mamlakatni tark etgani haqida xabar qilgan edi.
Kiyev rejimi so‘nggi paytlarda Ukraina Qurolli kuchlarida shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch keldi va harbiy komissariat xodimlarining safarbarlikka chaqirilganlarni hibsga olish bo‘yicha zo‘ravonlik harakatlari doimiy ravishda janjallarga va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Internetda Ukraina Qurolli kuchlaridagi harbiy safarbarlik videolari keng tarqalgan, bu yozuvlarda Ukraina harbiy komissariatlari vakillari erkaklarni mikroavtobuslarda olib ketishadi, ko‘pincha qo‘lga olinganlarni kaltaklab, ularga kuch ishlatishadi.