O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosib kutib olinadi
10:09 03.04.2026 (yangilandi: 10:21 03.04.2026)
Obuna bo‘lish
Markaziy bank 2026-yil 1-sentabrga qadar “Mustaqillikning 35-yilligi” esdalik oltin tangasini zarb etadi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosib kutib olinadi. Bu haqida tegishli prezident qarori imzolandi.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, ushbu bayram “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan g‘oyaviy-badiiy konsepsiya asosida nishonlanadi.
Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat va tuman (shahar) markazlarida, barcha mahallalar, qishloq va ovullarda bo‘lib o‘tadi.
Bayram tadbirlarini nishonlashda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Yangi O‘zbekistonda yuzaga kelgan ulkan imkoniyat va yutuqlarni keng yoritish;
Barqaror iqtisodiy rivojlanish natijasida fuqarolar turmush farovonligi ortib borayotganini ko‘rsatib berish;
Mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi islohotlarni yoritish;
Milliy qadriyatlar, davlatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar;
Nuroniylar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manfaatlarini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratilganiga urg‘u berish;
Millatlararo do‘stlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini saqlash va kuchaytirishni targ‘ib qilish;
Shuningdek qator alohida tadbirlar ham tashkil etiladi:
Aprel – sentabr oylari davomida ilm-fan madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, sportchilar ishtirokida respublika bo‘ylab keng ko‘lamdagi “Mustaqillik to‘yi” (festivali) tadbirlarini o‘tkaziladi.

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan asosiy bayram tadbiriga taniqli ssenarist va rejissorlar, shoir va yozuvchilar, xonanda va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilarni jalb etiladi.
Mustaqillikning 35-yilligi arafasida yirik sanoat, madaniyat, ta’lim va sport muassasalarining tantanali ochilish marosimlarini tashkil etiladi.
2026 yil 1-iyunga qadar “Vatan fidoyilari” ramziy monumentining eskiz loyihasini ishlab chiqiladi.
“35 yillik Istiqlol yilnomasi” ruknida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
2026 yil avgust–sentabr oylarida xorijdagi vatandoshlar va o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil O‘zbekiston – g‘ururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.