https://oz.sputniknews.uz/20260403/ozbekiston-moskvaning-eng-muhim-savdo-hamkorlaridan-biri-56688430.html
O‘zbekiston Moskvaning eng muhim savdo hamkorlaridan biri
O‘zbekiston Moskvaning eng muhim savdo hamkorlaridan biri
Sputnik O‘zbekiston
Moskvaning 24 ta kompaniyasi Toshkentga biznes-missiya bilan tashrif buyurdi. 03.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-03T12:33+0500
2026-04-03T12:33+0500
2026-04-03T13:06+0500
moskva
toshkent
biznes
ko‘rgazma
hamkorlik
o‘zbekiston - rossiya
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/03/56690950_1:0:1873:1053_1920x0_80_0_0_f5be76132e79cfa5d6c62e8f194251ac.jpg
Rossiya biznesi o‘zbekistonlik hamkorlarga oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, shuningdek, keng iste’mol mollarini taqdim etmoqda. Tadbir tashkilotchisi — Moskva eksport markazi.MEM bosh direktori Vitaliy Stepanovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya poytaxtining eng muhim savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, gap faqat an’anaviy toifalar — oziq-ovqat va kosmetika haqida emas, balki yuqori texnologiyali mahsulotlar haqida ham ketmoqda. Xususan, bozorga ixtisoslashtirilgan uskunalar, jumladan, tibbiy diagnostikada qo‘llaniladigan yechimlar yetkazib berilmoqda.Biznes-missiya ishtirokchilari O‘zbekiston bozorining salohiyati yuqori ekanini ta’kidlamoqda. “Grand” kompaniyalar guruhi tijorat direktori Vladimir Shemetovning so‘zlariga ko‘ra, gap faqat aholi sonida emas, balki Rossiya mahsulotlariga shakllangan talabning ortishiga ham bog‘liqdir.Biznes-missiyaning amaliy qismi allaqachon o‘zining aniq natijalarini bermoqda. Rossiya kompaniyalari distribyutorlar, savdo tarmoqlari va elektron tijorat vakillari bilan muzokaralar olib borapti. Xususan, “Lita-svet” kompaniyasi peptidli kosmetika liniyasi bilan O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.“Dori-darmon tarmoqlari va ixtisoslashtirilgan do‘konlar bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi”, — dedi kompaniya bosh direktori o‘rinbosari Natalya Vigriyanova.Shuningdek, kompaniya kosmetologiya klinikalari bilan ham muzokaralar olib bormoqda, bu esa mahsulotni professional segmentga integratsiya qilish imkonini beradi.Hamkorlikning alohida yo‘nalishi — ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdir. Bu format logistika xarajatlarini kamaytirishga va bozorga tezroq moslashishga yordam beradi.“Umnie napitki” kompaniyasi bosh direktori Emil Sunagatullin O‘zbekistonda mahsulotlarni idishlarga quyib qadoqlashni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi."Biz konsentrat va retseptlarni yetkazib berishni, quyishni esa mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirishni rejalashtirapmiz. Hozirda hamkorlar qidirmoqdamiz", — deydi u.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori alkogolsiz ichimliklar iste’molining yuqoriligi bilan ajralib turadi, qandsiz mahsulotlar segmenti esa jadal o‘sishni ko‘rsatmoqda.Biznes-missiya ishtirokchilari bunday tadbirlar ularga qisqa vaqt ichida bozorga kirish, aloqalar o‘rnatish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish imkonini berishini ta’kidlashmoqda.Moskva eksport markazi 2021-yildan beri Toshkentga biznes-missiyalar tashkil etib keladi. Ular o‘z ichiga ishbilarmonlik muzokaralari, hamkorlar bilan uchrashuvlar va soha ko‘rgazmalarida ishtirok etishni qamrab oladi.Joriy dastur doirasida ishtirokchilar “UzFood-2026” xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi va yakunida potensial hamkorlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirishdi.Ushbu biznes-missiya so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyon etayotgan Moskva va Toshkent orasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/03/56690950_238:0:1642:1053_1920x0_80_0_0_21a20bceb295cfb2dd7b6075d3b5e1cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva, toshkent, biznes, ko‘rgazma, hamkorlik, o‘zbekiston - rossiya, video, video
moskva, toshkent, biznes, ko‘rgazma, hamkorlik, o‘zbekiston - rossiya, video, video
O‘zbekiston Moskvaning eng muhim savdo hamkorlaridan biri
12:33 03.04.2026 (yangilandi: 13:06 03.04.2026) Eksklyuziv
Moskvaning 24 ta kompaniyasi Toshkentga biznes-missiya bilan tashrif buyurdi.
Rossiya biznesi o‘zbekistonlik hamkorlarga oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, shuningdek, keng iste’mol mollarini taqdim etmoqda. Tadbir tashkilotchisi — Moskva eksport markazi.
MEM bosh direktori Vitaliy Stepanovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya poytaxtining eng muhim savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
“2025 yil yakunlariga ko‘ra, MEM (Moskva eksport markazi) qo‘llab-quvvatlagan loyihalar natijasida eksport hajmi 15% dan ko‘proqqa o‘sganini ko‘rmoqdamiz, bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Moskvaning xomashyo bo‘lmagan mahsulotlarini import qiluvchi top-3 mamlakat qatoridan joy oldi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap faqat an’anaviy toifalar — oziq-ovqat va kosmetika haqida emas, balki yuqori texnologiyali mahsulotlar haqida ham ketmoqda. Xususan, bozorga ixtisoslashtirilgan uskunalar, jumladan, tibbiy diagnostikada qo‘llaniladigan yechimlar yetkazib berilmoqda.
Biznes-missiya ishtirokchilari O‘zbekiston bozorining salohiyati yuqori ekanini ta’kidlamoqda. “Grand” kompaniyalar guruhi tijorat direktori Vladimir Shemetovning so‘zlariga ko‘ra, gap faqat aholi sonida emas, balki Rossiya mahsulotlariga shakllangan talabning ortishiga ham bog‘liqdir.
“Rastalarda Rossiya mahsulotlari allaqachon keng taqdim etilganini, iste’molchilarning ularga nisbatan yuqori sodiqlik borligini ko‘rmoqdamiz. Bu biz uchun bozorning ochiq va hamkorlikka tayyor ekanidan darak beruvchi ishoradir”, — dedi u.
Biznes-missiyaning amaliy qismi allaqachon o‘zining aniq natijalarini bermoqda. Rossiya kompaniyalari distribyutorlar, savdo tarmoqlari va elektron tijorat vakillari bilan muzokaralar olib borapti. Xususan, “Lita-svet” kompaniyasi peptidli kosmetika liniyasi bilan O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
“Dori-darmon tarmoqlari va ixtisoslashtirilgan do‘konlar bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi”, — dedi kompaniya bosh direktori o‘rinbosari Natalya Vigriyanova.
Shuningdek, kompaniya kosmetologiya klinikalari bilan ham muzokaralar olib bormoqda, bu esa mahsulotni professional segmentga integratsiya qilish imkonini beradi.
Hamkorlikning alohida yo‘nalishi — ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdir. Bu format logistika xarajatlarini kamaytirishga va bozorga tezroq moslashishga yordam beradi.
“Umnie napitki” kompaniyasi bosh direktori Emil Sunagatullin O‘zbekistonda mahsulotlarni idishlarga quyib qadoqlashni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
"Biz konsentrat va retseptlarni yetkazib berishni, quyishni esa mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirishni rejalashtirapmiz. Hozirda hamkorlar qidirmoqdamiz", — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori alkogolsiz ichimliklar iste’molining yuqoriligi bilan ajralib turadi, qandsiz mahsulotlar segmenti esa jadal o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Biznes-missiya ishtirokchilari bunday tadbirlar ularga qisqa vaqt ichida bozorga kirish, aloqalar o‘rnatish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish imkonini berishini ta’kidlashmoqda.
“Ular bozorni tez o‘rganish, hamkorlar topish va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratadi. Bu biznesni qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasidir”, — deb ta’kidladi Sunagatullin.
Moskva eksport markazi 2021-yildan beri Toshkentga biznes-missiyalar tashkil etib keladi. Ular o‘z ichiga ishbilarmonlik muzokaralari, hamkorlar bilan uchrashuvlar va soha ko‘rgazmalarida ishtirok etishni qamrab oladi.
Joriy dastur doirasida ishtirokchilar “UzFood-2026” xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi va yakunida potensial hamkorlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirishdi.
Ushbu biznes-missiya so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyon etayotgan Moskva va Toshkent orasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi.