https://oz.sputniknews.uz/20260403/chelyabinsk-moskva-yolovchi-poezdi-izidan-chiqib-agdarilib-ketdi-56693362.html
Chelyabinsk-Moskva yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Chelyabinsk-Moskva yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Ulyanovsk viloyatida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi jarohat oldi - Sog‘liqni saqshlash vazirligi. 03.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-03T13:20+0500
2026-04-03T13:20+0500
2026-04-03T13:20+0500
moskva
rossiya
poyezd halokati
baxtsiz hodisa
transport hodisasi
hodisalar
chelyabinsk viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/03/56693469_0:39:797:487_1920x0_80_0_0_1291736a325f46e90bc202a6ad3141bf.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining yordamchisi Aleksey Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, Ulyanovsk viloyatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi jarohat oldi.Baxtsiz hodisa juma kuni Moskva vaqti bilan soat 6:26 da Ulyanovsk viloyatidagi Brandino stansiyasi yaqinida sodir bo‘ldi. Chelyabinskdan Moskvaga ketayotgan 302-sonli poyezdning yettita vagoni relsdan chiqib ketdi. Poyezdda 412 kishi bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar, jumladan, 65 nafar bola evakuatsiya qilindi. Yo‘lovchilar orasida Chelyabinsk viloyatidan yetti nafar yosh qilichboz ham bor edi, ular xavfsiz.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisaga sabab rels sinishi bo‘lgan. Voqea tafsilotlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Tergov qo‘mitasi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atdi. Voqea joyiga qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, tergovchilar va sud-tibbiy ekspertlari yetib kelishdi.Ulyanovsk, Bugulma, Sizran va Ruzayevkadan maxsus poyezdlar, shuningdek, yengil vagonlar ham oqibatlarni bartaraf etish uchun yuborildi. Prokuratura hodisa sababini aniqlash uchun tergov boshladi.
chelyabinsk viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Kadri s mesta sxoda vagonov v Ulyanovskoy oblasti
Sputnik O‘zbekiston
Kadri s mesta sxoda vagonov v Ulyanovskoy oblasti
2026-04-03T13:20+0500
true
PT0M07S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/03/56693469_48:0:748:525_1920x0_80_0_0_adfe6204ec510ada3e42cf87bce8be3c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva, rossiya, poyezd halokati, baxtsiz hodisa, transport hodisasi, hodisalar , chelyabinsk viloyati, video
moskva, rossiya, poyezd halokati, baxtsiz hodisa, transport hodisasi, hodisalar , chelyabinsk viloyati, video
Chelyabinsk-Moskva yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Ulyanovsk viloyatida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi jarohat oldi - Sog‘liqni saqshlash vazirligi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining yordamchisi Aleksey Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, Ulyanovsk viloyatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi jarohat oldi.
"Yigirma to‘rt nafar jarohatlangan, jumladan, to‘rt nafar bola, voqea joyidan mintaqadagi kasalxonalarga evakuatsiya qilinmoqda. Jiddiy jarohatlar yo‘q; ularning barchasi dastlab o‘rtacha va yengil ahvolda. Sog‘liqni saqlash vazirligining Federal ofatlar tibbiyoti markazi jabrlanganlarga tibbiy yordamni muvofiqlashtirmoqda", dedi u.
Baxtsiz hodisa juma kuni Moskva vaqti bilan soat 6:26 da Ulyanovsk viloyatidagi Brandino stansiyasi yaqinida sodir bo‘ldi. Chelyabinskdan Moskvaga ketayotgan 302-sonli poyezdning yettita vagoni relsdan chiqib ketdi.
Poyezdda 412 kishi bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar, jumladan, 65 nafar bola evakuatsiya qilindi. Yo‘lovchilar orasida Chelyabinsk viloyatidan yetti nafar yosh qilichboz ham bor edi, ular xavfsiz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisaga sabab rels sinishi bo‘lgan. Voqea tafsilotlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Tergov qo‘mitasi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atdi. Voqea joyiga qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, tergovchilar va sud-tibbiy ekspertlari yetib kelishdi.
Ulyanovsk, Bugulma, Sizran va Ruzayevkadan maxsus poyezdlar, shuningdek, yengil vagonlar ham oqibatlarni bartaraf etish uchun yuborildi. Prokuratura hodisa sababini aniqlash uchun tergov boshladi.