https://oz.sputniknews.uz/20260402/eaeu-tezyurar-yollar-tarmoq-56681916.html
YeOII mamlakatlari tezurar yo‘llar tarmog‘ini bir vaqtda ishga tushiradi
YeOII mamlakatlari tezurar yo‘llar tarmog‘ini bir vaqtda ishga tushiradi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda YeOII transport rahbarlari Yevroosiyo transport yo‘laklari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va pasportlarni ma’qulladi. Shu bilan birga, tezurar avtoyo‘llar tarmog‘ini bir vaqtda ishga tushirish rejasi aytildi.
2026-04-02T18:51+0500
2026-04-02T18:51+0500
2026-04-02T18:51+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
transport
avtomobil
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/02/56681427_0:0:2925:1645_1920x0_80_0_0_c7f2209a7e63639956c45dcb0ea46fde.jpg
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 1-aprel kuni Sankt-Peterburgda YeOII mamlakatlarining transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Ittifoq davlatlarining transport siyosati asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.Yig‘ilishda Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks reja ijrosi muhokama qilinib, ularning maqsadli ko‘rsatkichlari ma’qullandi. Shuningdek, Yevroosiyo transport yo‘laklari pasportlari, ularning shakli, kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati va marshrutlarga qo‘yiladigan minimal talablar ham tasdiqlandi. Raqamli kun tartibi doirasida esa transportni raqamlashtirish, YeOII tashqi chegarasida avtomobil nazoratini axborot bilan ta’minlash va milliy tizimlarni integratsiyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi rahbari Andrey Nikitin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha YeOII mamlakatlari bir vaqtning o‘zida tezurar yo‘llar tarmog‘ini ishga tushiradi. Buning uchun ular allaqachon qurilish ishlarini sinxronlashtirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy infratuzilmaning mosligi juda muhim, buni hamjamiyatning barcha mamlakatlari tushunadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260225/eaeu-intellektual-transport-makon-55936430.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/02/56681427_98:0:2829:2048_1920x0_80_0_0_24b8f1a7078feb42d7ed800a670f3b59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, transport yo‘laklari, tezurar avtoyo‘llar, andrey nikitin, sankt-peterburg, yevroosiyo transport yo‘laklari, raqamlashtirish,
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, transport yo‘laklari, tezurar avtoyo‘llar, andrey nikitin, sankt-peterburg, yevroosiyo transport yo‘laklari, raqamlashtirish,
YeOII mamlakatlari tezurar yo‘llar tarmog‘ini bir vaqtda ishga tushiradi
YeOII davlatlari Yevroosiyo transport yo‘laklari uchun tezurar avtoyo‘llar tarmog‘ini sinxron rivojlantirib, harakatni bir vaqtda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 1 aprel kuni Sankt-Peterburgda YeOII mamlakatlarining transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
Unda Ittifoq davlatlarining transport siyosati asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks reja ijrosi muhokama qilinib, ularning maqsadli ko‘rsatkichlari ma’qullandi. Shuningdek, Yevroosiyo transport yo‘laklari pasportlari, ularning shakli, kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati va marshrutlarga qo‘yiladigan minimal talablar ham tasdiqlandi.
Bundan tashqari, YeOII davlatlari va uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transport infratuzilma loyihalari to‘plamini tayyorlash masalasi muhokama qilindi.
Raqamli kun tartibi doirasida esa transportni raqamlashtirish, YeOII tashqi chegarasida avtomobil nazoratini axborot bilan ta’minlash va milliy tizimlarni integratsiyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi rahbari Andrey Nikitin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha YeOII mamlakatlari bir vaqtning o‘zida tezurar yo‘llar tarmog‘ini ishga tushiradi.
Buning uchun ular allaqachon qurilish ishlarini sinxronlashtirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy infratuzilmaning mosligi juda muhim, buni hamjamiyatning barcha mamlakatlari tushunadi.