https://oz.sputniknews.uz/20260401/tashkent-uzfood-ozupack-korgazmalar-56649760.html
Toshkentda UzFood va O‘ZuPACK ko‘rgazmalarida yangi texnologiyalar namoyish etilmoqda
Toshkentda UzFood va O‘ZuPACK ko‘rgazmalarida yangi texnologiyalar namoyish etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda UzFood 2026 va O‘ZuPACK 2026 xalqaro ko‘rgazmalari ochildi. UzFood oziq-ovqat mahsulotlari va ishlab chiqarish texnologiyalarini, O‘ZuPACK esa qadoqlash uskunalari va materiallarini bir maydonda jamladi.
2026-04-01T17:49+0500
2026-04-01T17:49+0500
2026-04-01T18:13+0500
o‘zbekiston
oziq-ovqat
o‘zekspomarkaz
ko‘rgazma
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/01/56648897_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_be88f7a303092bb57c9f780d38865847.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkentda oziq-ovqat sanoati va qadoqlash sohasiga bag‘ishlangan "UzFood 2026" hamda "O’ZuPACK 2026" xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi."UzFood 2026" oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan 25-xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi. U bilan bir vaqtda o‘tayotgan "O’ZuPACK 2026" esa qadoqlash uskunalari va materiallariga ixtisoslashgan 26-xalqaro ko‘rgazmadir.Ko‘rgazmalarda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston kabi 38 ta davlatdan oziq-ovqat, qayta ishlash sanoati, qadoqlash, uskuna va unga yaqin tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular o‘zlarining yangi texnologiyalari, mahsulotlari va ishlab chiqarish yechimlarini namoyish etapti.Rossiyaning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri — “Aleyskzernoprodukt” kompaniyasi vakili Igor Paxolkovning aytishicha, kompaniya mahsulotlarining deyarli butun assortimenti allaqachon O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan.“O’ZuPACK 2026”da ishtirok etayotgan “OSQ Group” kompaniyasining eksport bo‘yicha direktori Matvey Kudravsev ham O‘zbekiston bozori kompaniya uchun allaqachon muhim yo‘nalishga aylanganini ta’kidladi.Ko‘rgazmalar doirasida oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash, qadoqlash, logistika va ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishga oid zamonaviy yechimlar muhokama qilinmoqda. Shu jihatdan "UzFood 2026" va "O’ZuPACK 2026" bir maydonda oziq-ovqat ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlarini qamrab olgan yirik sohaviy platforma sifatida namoyon bo‘lmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260325/tashkent-qishloq-xojalik-korgazma-56507336.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/01/56648897_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_26c32ff3e6364b66f8ed93e9bda71479.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uzfood 2026, o‘zupack 2026, toshkent, uzexpocentre, oziq-ovqat ko‘rgazmasi, qadoqlash ko‘rgazmasi, oziq-ovqat texnologiyalari, qadoqlash uskunalari, iteca exhibitions, o‘zbekiston
uzfood 2026, o‘zupack 2026, toshkent, uzexpocentre, oziq-ovqat ko‘rgazmasi, qadoqlash ko‘rgazmasi, oziq-ovqat texnologiyalari, qadoqlash uskunalari, iteca exhibitions, o‘zbekiston
Toshkentda UzFood va O‘ZuPACK ko‘rgazmalarida yangi texnologiyalar namoyish etilmoqda
17:49 01.04.2026 (yangilandi: 18:13 01.04.2026) Ular oziq-ovqat ishlab chiqarishi, qayta ishlash va qadoqlash sohalaridagi yechimlarni yagona maydonda namoyish etmoqda.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkentda oziq-ovqat sanoati va qadoqlash sohasiga bag‘ishlangan "UzFood 2026" hamda "O’ZuPACK 2026" xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
"UzFood 2026" oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan 25-xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi. U bilan bir vaqtda o‘tayotgan "O’ZuPACK 2026" esa qadoqlash uskunalari va materiallariga ixtisoslashgan 26-xalqaro ko‘rgazmadir.
Ko‘rgazmalarda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston kabi 38 ta davlatdan oziq-ovqat, qayta ishlash sanoati, qadoqlash, uskuna va unga yaqin tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular o‘zlarining yangi texnologiyalari, mahsulotlari va ishlab chiqarish yechimlarini namoyish etapti.
Rossiyaning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri — “Aleyskzernoprodukt” kompaniyasi vakili Igor Paxolkovning aytishicha, kompaniya mahsulotlarining deyarli butun assortimenti allaqachon O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan.
“Bundan tashqari, bu yerda o‘z omborlarimiz bor. Kelgusida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, O‘zbekistonning boshqa hududlarida sotuv hajmini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi u.
“O’ZuPACK 2026”da ishtirok etayotgan “OSQ Group” kompaniyasining eksport bo‘yicha direktori Matvey Kudravsev ham O‘zbekiston bozori kompaniya uchun allaqachon muhim yo‘nalishga aylanganini ta’kidladi.
“O‘zbekistonda biz allaqachon biznesimizni yo‘lga qo‘yganmiz. Bu yerda 6-yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelamiz. Har bir shaharda vakilligimiz bor, shuningdek, o‘z omborimiz, ofisimiz va mahsulotlarimizning to‘liq assortimenti ham mavjud”, — dedi u.
Ko‘rgazmalar doirasida oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash, qadoqlash, logistika va ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishga oid zamonaviy yechimlar muhokama qilinmoqda. Shu jihatdan "UzFood 2026" va "O’ZuPACK 2026" bir maydonda oziq-ovqat ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlarini qamrab olgan yirik sohaviy platforma sifatida namoyon bo‘lmoqda.