https://oz.sputniknews.uz/20260401/soliq-kredit-qarzlar-undirish-osonlashish-56635955.html
Soliq va kredit qarzlarini undirishda SI qo‘llanadi, ijrodagi mol-mulkni sotish osonlashadi
Soliq va kredit qarzlarini undirishda SI qo‘llanadi, ijrodagi mol-mulkni sotish osonlashadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda soliq va kredit qarzlarini undirish tartibi o‘zgaradi: qarorlarning 70 foizi sun’iy intellekt asosida qabul qilinadi, qarzdor mol-mulkini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn-auksionga chiqarish mumkin bo‘ladi.
2026-04-01T09:49+0500
2026-04-01T09:49+0500
2026-04-01T10:06+0500
o‘zbekiston
jamiyat
majburiy ijro burosi (mib)
soliq
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1111/56/11115608_0:664:2458:2047_1920x0_80_0_0_63459dc2f31a0fb721603232c58c969a.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish tartibi yanada soddalashtiriladi. Bu prezidentning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonida nazarda tutilgan.Farmonga ko‘ra, endi soliq qarzi va kredit qarzdorligi bo‘yicha mol-mulkni sotish, xatlash va savdoga chiqarish jarayonlarida yangicha yondashuv joriy etiladi.Shuningdek, yuridik shaxslar mol-mulkini xatlash va ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq ayrim jarayonlar:Savdolarni tashkil etishga oid hujjatlar elektron platformalar orqali yuboriladi. Xatlash va ko‘zdan kechirish dalolatnomalari asosida sotilgan yoki sotuvga taklif etilgan mol-mulkni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatarlar esa rasmiylashtiruvchi idoralar zimmasida qoladi.Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan davlat ijrochilari qabul qiladigan qarorlarning kamida 70 foizi sun’iy intellekt va axborot tizimlari orqali avtomatlashtiriladi, ijro jarayonlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.2026 yil 1-iyuldan esa sud va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga o‘tkaziladigan avtomototransport hamda ko‘chmas mulklar davlat ijrochisi qarori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260317/soliq-qarz-elektr-tolov-cheklov-56331879.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1111/56/11115608_0:203:2458:2047_1920x0_80_0_0_9d48da54af989d93821c35b8431231f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
soliq qarzi, kredit qarzi, sun’iy intellekt, ai, ijro hujjatlari, davlat ijrochisi, muammoli kredit, mol-mulkni sotish, o‘zbekiston
soliq qarzi, kredit qarzi, sun’iy intellekt, ai, ijro hujjatlari, davlat ijrochisi, muammoli kredit, mol-mulkni sotish, o‘zbekiston
Soliq va kredit qarzlarini undirishda SI qo‘llanadi, ijrodagi mol-mulkni sotish osonlashadi
09:49 01.04.2026 (yangilandi: 10:06 01.04.2026) Yangi tartibga ko‘ra, qarzlarni undirishda qarorlarning katta qismi sun’iy intellekt asosida qabul qilinadi, undiruvchi esa qarzdor mol-mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksionga chiqara oladi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish tartibi yanada soddalashtiriladi. Bu prezidentning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonida
nazarda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, endi soliq qarzi va kredit qarzdorligi bo‘yicha mol-mulkni sotish, xatlash va savdoga chiqarish jarayonlarida yangicha yondashuv joriy etiladi.
Jumladan, ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni undiruvchi tomon rasmiylashtirgan protsessual hujjatlar asosida davlat ijrochisi qarori bilan elektron onlayn-auksion orqali sotish imkoni yaratiladi.
Shuningdek, yuridik shaxslar mol-mulkini xatlash va ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq ayrim jarayonlar:
soliq qarzlari bo‘yicha soliq organi mansabdor shaxsi;
garov bilan ta’minlangan majburiyatlar bo‘yicha esa tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Savdolarni tashkil etishga oid hujjatlar elektron platformalar orqali yuboriladi. Xatlash va ko‘zdan kechirish dalolatnomalari asosida sotilgan yoki sotuvga taklif etilgan mol-mulkni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatarlar esa rasmiylashtiruvchi idoralar zimmasida qoladi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan davlat ijrochilari qabul qiladigan qarorlarning kamida 70 foizi sun’iy intellekt va axborot tizimlari orqali avtomatlashtiriladi, ijro jarayonlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
2026 yil 1-iyuldan esa sud va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga o‘tkaziladigan avtomototransport hamda ko‘chmas mulklar davlat ijrochisi qarori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.