https://oz.sputniknews.uz/20260331/valday-munozara-klub-ekspertlar-56610216.html
“Valday” xalqaro munozara klubi: ekspertlar nimalar haqida gapirdi?
“Valday” xalqaro munozara klubi: ekspertlar nimalar haqida gapirdi?
Sputnik O‘zbekiston
Termizda “Valday” xalqaro klubining Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasi boshlandi. Ekspert va diplomatlar xavfsizlik, sanoat kooperatsiyasi, transport, sun’iy intellekt va O‘zbekistonning Yevrosiyodagi o‘rnini muhokama qildi.
2026-03-31T10:11+0500
2026-03-31T10:11+0500
2026-03-31T10:28+0500
o‘zbekiston
rossiya
transport
sun’iy intellekt
yeoii
mdh
“valday” anjumani
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56600516_0:139:3395:2048_1920x0_80_0_0_adda86c031fd1e154547ff632f6e0572.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 30-martda “Valday” xalqaro klubining yillik Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Uchrashuv “Rossiya – O‘zbekiston: Yevroosiyo makonida strategik sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Birinchi kun ekspert va diplomatlar mintaqa xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, transport hamda sun’iy intellekt kabi masalalarga e’tibor qaratishdi.Birinchi kuni texnologik suverenitetga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat bir vaqtlar mintaqa shuhrat qozongan ulkan loyihalarga qaytish haqida ketdi. “Valday” klubi jamg‘armasi kengashi raisi Andrey Bistriskiy jahon gigantlari bilan raqobatlasha oladigan Yevrosiyoning o‘z brendlari paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.Biroq, xavfsizlik kafolatlarisiz iqtisodiy o‘sishga erishib bo‘lmaydi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzinning ta’kidlashicha, “g‘arb ozchiligi” o‘z qoidalarini “jahon ko‘pchiligiga” o‘tkazishga urinayotgan bir sharoitda, Rossiya va O‘zbekiston mintaqadagi mas’uliyat davlatlarning o‘z zimmasida bo‘lgan yaxlit xavfsizlik tizimini yaratish tarafdoridir.Shuningdek, mintaqadagi integratsiyalashgan Yevrosiyo transport-iqtisodiy tizimi haqida so‘z yuritildi. Bu tizimda ShHT makoni hamda O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda.Termizdagi muhokamalar bugun ham o‘z ishini davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260330/uzbekistan-eurasia-integratsiya-ishtirokchi-56591179.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56600516_462:0:3193:2048_1920x0_80_0_0_e4a62ef5cb80ab78cadfc37cc1cd744e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
valday, termiz, rossiya o‘zbekiston konferensiyasi, yevrosiyo, strategik sheriklik, xavfsizlik arxitekturasi, transport logistikasi, sanoat kooperatsiyasi, sun’iy intellekt
valday, termiz, rossiya o‘zbekiston konferensiyasi, yevrosiyo, strategik sheriklik, xavfsizlik arxitekturasi, transport logistikasi, sanoat kooperatsiyasi, sun’iy intellekt
“Valday” xalqaro munozara klubi: ekspertlar nimalar haqida gapirdi?
10:11 31.03.2026 (yangilandi: 10:28 31.03.2026) Eksklyuziv
Ishtirokchilarning fikricha, O‘zbekiston Yevrosiyoda yangi xalqaro munosabatlar arxitekturasini shakllantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 30-martda “Valday” xalqaro klubining yillik Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Uchrashuv “Rossiya – O‘zbekiston: Yevroosiyo makonida strategik sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan, deb xabar beradi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Birinchi kun ekspert va diplomatlar mintaqa xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, transport hamda sun’iy intellekt kabi masalalarga e’tibor qaratishdi.
“Biz klassik savdo almashinuvi sxemasidan voz kechib, keng qamrovli va ko‘p qatlamli kooperatsiya modeliga ishonch bilan o‘tdik. Muhimi, loyihalar, sanoat klasterlari va agrosanoat zanjirlari aynan hududlarda yaratilib, so‘ng miqyosi kengaytirilmoqda”, — deya ta’kidladi O‘zbekiston grezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov.
Birinchi kuni texnologik suverenitetga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat bir vaqtlar mintaqa shuhrat qozongan ulkan loyihalarga qaytish haqida ketdi. “Valday” klubi jamg‘armasi kengashi raisi Andrey Bistriskiy jahon gigantlari bilan raqobatlasha oladigan Yevrosiyoning o‘z brendlari paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
“Bir paytlar O‘zbekistonda samolyotlar qurilgan. Nimaga endi bu mumkin emas? Agar hamma narsa biz kutgandek rivojlansa, avtomobil yoki aviatsiya bo‘lsin, Yevroosiyoning o‘z brendlari ham paydo bo‘ladi. Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi usuli – uni o‘zingiz yaratishingizdir”, — deya qayd etdi Bistriskiy.
Biroq, xavfsizlik kafolatlarisiz iqtisodiy o‘sishga erishib bo‘lmaydi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzinning ta’kidlashicha, “g‘arb ozchiligi” o‘z qoidalarini “jahon ko‘pchiligiga” o‘tkazishga urinayotgan bir sharoitda, Rossiya va O‘zbekiston mintaqadagi mas’uliyat davlatlarning o‘z zimmasida bo‘lgan yaxlit xavfsizlik tizimini yaratish tarafdoridir.
“Yevroosiyo qit’asida yangi xavfsizlik arxitekturasini barpo etish eng muhim vazifadir. O‘zbekiston Yevrosiyoda yangi xalqaro munosabatlar arxitekturasini shakllantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin. Bizning MDH, ShHT va EOII (O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida) doirasidagi hamkorligimiz Katta Yevrosiyo sherikligini shakllantirish yo‘lidagi hissadir”, — dedi Galuzin.
Shuningdek, mintaqadagi integratsiyalashgan Yevrosiyo transport-iqtisodiy tizimi haqida so‘z yuritildi. Bu tizimda ShHT makoni hamda O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Rossiyaning transport logistikasi sohasidagi hamkorligi ulkan rivojlanish salohiyatiga ega va Yevrosiyo transport yo‘laklarining yangi arxitekturasinishakllanishini belgilaydi”, — deb ta’kidladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari maslahatchisi Umidulla Ibragimov.
Termizdagi muhokamalar bugun ham o‘z ishini davom etmoqda.