Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni armiyadagi eng katta muammoni aytdi
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni armiyadagi eng katta muammoni aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy armiya uchun hozir eng katta muammo tayyorgarlikdan o‘tgan shaxsiy tarkib yetishmasligi ekanini aytdi. U safarbarlik sur’ati va sifati yetarli emasligini ham tan oldi.
2026-03-31T12:27+0500
2026-03-31T12:27+0500
2026-03-31T12:46+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina armiyasi uchun hozirgi eng katta muammo tayyorgarlikdan o‘tgan shaxsiy tarkib yetishmasligi ekanini aytdi.Bu haqda RIA Novosti butunukraina telemarafoni efiridagi bayonotga tayanib xabar berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi safarbarlik jarayoni hozircha yetarli darajada emas. Bosh qo‘mondon armiya safiga yaxshiroq tayyorlangan va motivatsiyasi yuqori odamlar kelib qo‘shilishini istashini ham ta’kidladi.Aleksandr Sirskiy fevral oyida "Le Monde" nashriga bergan intervyusida Rossiya Qurolli kuchlarining oldingi chiziqda aviatsiya, ayniqsa boshqariladigan aviabombalar qo‘llash borasida ustunligini tan olgan edi.Oliy rada deputati Ruslan Gorbenko 2025-yil oktabrida ayrim batalonlarda piyoda askarlar keskin yetishmayotganini aytgan. Uning baholashicha, ba’zi holatlarda bir askarga 13 nafar qo‘mondon to‘g‘ri kelmoqda, bu esa bunday bo‘linmalarning jangovar salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari aerorazvedkani qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Mariya Berlinskaya avvalroq Ukraina armiyasi shaxsiy tarkib tanqisligini boshdan kechirayotgani, shu sababli front “chok-chokidan so‘kilayotgani”ni aytgan edi.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni armiyada tayyorlangan shaxsiy tarkib tanqisligini aytdi, avvalroq Rada deputati ayrim batalonlarda bir askarga 13 qo‘mondon to‘g‘ri kelishini bildirgan edi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina armiyasi uchun hozirgi eng katta muammo tayyorgarlikdan o‘tgan shaxsiy tarkib yetishmasligi ekanini aytdi.Bu haqda RIA Novosti butunukraina telemarafoni efiridagi bayonotga tayanib xabar berdi.
“Agar ikki yil avval armiya uchun asosiy tanqislik snarad va raketalar bo‘lgan bo‘lsa, hozir eng katta ehtiyoj — tayyorgarlikdan o‘tgan, o‘qitilgan va harbiy burchini bajarishga tayyor odamlar. Chunki safarbarlik Qurolli kuchlar ehtiyojini to‘ldirishning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda”, — dedi Sirskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi safarbarlik jarayoni hozircha yetarli darajada emas. Bosh qo‘mondon armiya safiga yaxshiroq tayyorlangan va motivatsiyasi yuqori odamlar kelib qo‘shilishini istashini ham ta’kidladi.
Aleksandr Sirskiy fevral oyida "Le Monde" nashriga bergan intervyusida Rossiya Qurolli kuchlarining oldingi chiziqda aviatsiya, ayniqsa boshqariladigan aviabombalar qo‘llash borasida ustunligini tan olgan edi.
Oliy rada deputati Ruslan Gorbenko 2025-yil oktabrida ayrim batalonlarda piyoda askarlar keskin yetishmayotganini aytgan. Uning baholashicha, ba’zi holatlarda bir askarga 13 nafar qo‘mondon to‘g‘ri kelmoqda, bu esa bunday bo‘linmalarning jangovar salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari aerorazvedkani qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Mariya Berlinskaya avvalroq Ukraina armiyasi shaxsiy tarkib tanqisligini boshdan kechirayotgani, shu sababli front “chok-chokidan so‘kilayotgani”ni aytgan edi.
So‘nggi oylarda Ukrainada shaxsiy tarkib yetishmovchiligi muammosi kuzatilmoqda. Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda safarbarlik jarayonida yuzaga kelayotgan mojarolar haqida xabarlar tarqalmoqda.
Internetda tarqalgan ayrim videolarda harbiy komissariat xodimlari safarbar etilayotgan fuqarolarni olib ketishi aks etgan. Bu holatlar jamoatchilik orasida turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.