https://oz.sputniknews.uz/20260331/jamoatchilik-muhokama-muddat-qisqartirilish-56616232.html
Idoraviy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati qisqartirilishi mumkin
Idoraviy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati qisqartirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibini o‘zgartirishga doir qonun loyihasini qabul qildi. U muhokama muddatini qisqartirishi mumkin.
2026-03-31T13:19+0500
2026-03-31T13:19+0500
2026-03-31T13:31+0500
jamiyat
qonunchilik
yangi qonun
oliy majlis qonunchilik palatasi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46812159_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_347b60c837a7a38d98ed10cc3a4047b5.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.Loyihaga ko‘ra, bunday hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati 10 kun etib belgilanishi, 5 kun ichida taklif kelib tushmagan taqdirda esa loyihani huquqiy ekspertizaga kiritish imkoniyati berilishi nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik muhokamasi muddati portalga joylashtirilgan kundan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak. Vazirlik va idoralar hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati esa 30 kunni tashkil etadi.Shu tariqa, qonun loyihasi idoraviy hujjatlarni muhokama qilish va ularni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan
https://oz.sputniknews.uz/20251008/hokimiyat-shtat-maqbullashtirish-qonun-52533898.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46812159_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1b34634aa4712ccc8eaf6521b0358de1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, oliy majlis, qonunchilik palatasi, idoraviy hujjatlar, normativ-huquqiy hujjat, jamoatchilik muhokamasi, qonun loyihasi, muhokama muddati
o‘zbekiston, oliy majlis, qonunchilik palatasi, idoraviy hujjatlar, normativ-huquqiy hujjat, jamoatchilik muhokamasi, qonun loyihasi, muhokama muddati
Idoraviy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati qisqartirilishi mumkin
13:19 31.03.2026 (yangilandi: 13:31 31.03.2026) Qonun loyihasiga ko‘ra, idoraviy hujjatlar muhokamasi 15 kundan 10 kunga, Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati esa 30 kundan 20 kunga qisqarishi mumkin
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi
qabul qilindi.
Loyihaga ko‘ra, bunday hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati 10 kun etib belgilanishi, 5 kun ichida taklif kelib tushmagan taqdirda esa loyihani huquqiy ekspertizaga kiritish imkoniyati berilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini 20 kunga qisqartirish taklif etilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik muhokamasi muddati portalga joylashtirilgan kundan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak. Vazirlik va idoralar hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati esa 30 kunni tashkil etadi.
Shu tariqa, qonun loyihasi idoraviy hujjatlarni muhokama qilish va ularni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan