https://oz.sputniknews.uz/20260330/uzbekistan-er-degradatsiya-56594257.html
O‘zbekistonda har daqiqada 9 kv metr yer degradatsiyaga uchramoqda — Abduhakimov
O‘zbekistonda har daqiqada 9 kv metr yer degradatsiyaga uchramoqda — Abduhakimov
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda xalqaro forumda o‘rmonlarni saqlash, cho‘llanishga qarshi kurash va bioxilma-xillikni himoya qilish masalalari muhokama qilinmoqda. O‘zbekistonda har daqiqada 9 kv metr yer degradatsiyaga uchrayotgani aytildi.
2026-03-30T15:03+0500
2026-03-30T15:03+0500
2026-03-30T15:11+0500
o‘zbekiston
markaziy osiyo
ekologiya
orol dengizi
forum
jamiyat
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56593640_0:240:2560:1680_1920x0_80_0_0_2c30be1dbcea3f4a25d393e8c3e44707.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida Xalqaro o‘rmonlar kuni munosabati bilan “Barqaror "yashil" taraqqiyot yo‘lidagi muloqot: umumiy kelajakka sarmoya” mavzusida xalqaro forum o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda har daqiqada 9 kvadrat metr yer degradatsiya va cho‘llanishga uchramoqda. Shu bilan birga, mamlakatda transchegaraviy hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish va “yashil belbog‘” yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligi sohasida Jahon banki bilan hamkorlikda 205 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, FAO, BMT Taraqqiyot dasturi, KOICA va JICA ko‘magida umumiy qiymati 30 million dollardan ortiq bo‘lgan yettita grant loyihasi ham yo‘lga qo‘yilgan.Abduhakimov Orol dengizining qurigan tubi va unga tutash hududlarda ekologik muammolar ta’sirini kamaytirish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 255 ming gektar maydonda o‘rmonlar barpo etildi va qayta tiklandi. Shundan 251 ming gektari Orol dengizining qurigan tubi va boshqa cho‘l hududlariga to‘g‘ri keladi.Uning aytishicha, 2026-2030 yillarda O‘zbekistonda o‘rmon bilan qoplangan hududlar maydonini 6,1 million gektarga yetkazish, shuningdek, Orolbo‘yi va qator cho‘l hududlarida qo‘shimcha 1,3 million gektar yashil maydon barpo etish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260226/samarkand-gef-assambleyasi-55957223.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56593640_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_5f316133aac26cc079fcc33bbe05264b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘rmonlar, degradatsiya, cho‘llanish, bioxilma-xillik, aziz abduhakimov, forum, ekologiya, jahon banki, orol dengizi, yashil belbog‘, iqlim o‘zgarishi
o‘zbekiston, o‘rmonlar, degradatsiya, cho‘llanish, bioxilma-xillik, aziz abduhakimov, forum, ekologiya, jahon banki, orol dengizi, yashil belbog‘, iqlim o‘zgarishi
O‘zbekistonda har daqiqada 9 kv metr yer degradatsiyaga uchramoqda — Abduhakimov
15:03 30.03.2026 (yangilandi: 15:11 30.03.2026) Toshkentda o‘tayotgan forumda mutaxassislar cho‘llanishga qarshi kurash, o‘rmonlarni ko‘paytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida Xalqaro o‘rmonlar kuni munosabati bilan “Barqaror "yashil" taraqqiyot yo‘lidagi muloqot: umumiy kelajakka sarmoya” mavzusida xalqaro forum o‘tmoqda. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbirda Ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda har daqiqada 9 kvadrat metr yer degradatsiya va cho‘llanishga uchramoqda. Shu bilan birga, mamlakatda transchegaraviy hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish va “yashil belbog‘” yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligi sohasida Jahon banki bilan hamkorlikda 205 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, FAO, BMT Taraqqiyot dasturi, KOICA va JICA ko‘magida umumiy qiymati 30 million dollardan ortiq bo‘lgan yettita grant loyihasi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Abduhakimov Orol dengizining qurigan tubi va unga tutash hududlarda ekologik muammolar ta’sirini kamaytirish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 255 ming gektar maydonda o‘rmonlar barpo etildi va qayta tiklandi. Shundan 251 ming gektari Orol dengizining qurigan tubi va boshqa cho‘l hududlariga to‘g‘ri keladi.
“Biz, albatta, bu hududlardan iqtisodiy foyda olishni ham o‘rganishimiz kerak”, — dedi qo‘mita raisi.
Uning aytishicha, 2026-2030 yillarda O‘zbekistonda o‘rmon bilan qoplangan hududlar maydonini 6,1 million gektarga yetkazish, shuningdek, Orolbo‘yi va qator cho‘l hududlarida qo‘shimcha 1,3 million gektar yashil maydon barpo etish rejalashtirilgan.