https://oz.sputniknews.uz/20260330/russia-uzbekistan-valday-konferentsiya-56585130.html
Rossiya–O‘zbekiston strategik sherikligi: Toshkentda “Valday” anjumani o‘z ishini boshlaydi
Rossiya–O‘zbekiston strategik sherikligi: Toshkentda “Valday” anjumani o‘z ishini boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Rossiya–O‘zbekiston konferensiyasi ish boshladi. Ikki kunlik anjumanda Yevroosiyodagi hamkorlik, investitsiyalar, raqamlashtirish, transport, logistika va hududlararo aloqalar muhokama qilinadi.
2026-03-30T09:17+0500
2026-03-30T09:17+0500
2026-03-30T10:07+0500
jamiyat
rossiya
o‘zbekiston
anjuman
“valday” anjumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56584809_0:19:959:558_1920x0_80_0_0_575ce2dcce33fddb5c5a4526e045976e.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda “Valday” xalqaro munozara klubi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan Rossiya — O‘zbekiston anjumani o‘z ishini boshlaydi. Anjuman seshanba kuniga qadar davom etadi.Uchrashuv “Rossiya — O‘zbekiston: Yevroosiyo makonida strategik sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan. Ikki kunga mo‘ljallangan ishchi dastur ochilish sessiyasi hamda to‘rtta mavzuli muhokamani o‘z ichiga oladi.Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati va Tatariston o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning mavjud natijalari va istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi.Konferensiyaning faxriy mehmonlari sifatida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etadi.O‘zbekiston tomonidan anjumanda quyidagilar qatnashadi:Rossiya tomonidan esa quyidagilar ishtirok etadi:
https://oz.sputniknews.uz/20260315/uzbekistan-russia-savdo-oshirish-muhokama-56289106.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56584809_96:0:863:575_1920x0_80_0_0_077a0c6996a45555c897a42f14a64fc0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
valday, rossiya, o‘zbekiston, toshkent, yevroosiyo, strategik sheriklik, konferensiya, mixail galuzin, aleksey yerxov, botirjon asadov, eldor aripov, surxondaryo, tatariston
valday, rossiya, o‘zbekiston, toshkent, yevroosiyo, strategik sheriklik, konferensiya, mixail galuzin, aleksey yerxov, botirjon asadov, eldor aripov, surxondaryo, tatariston
Rossiya–O‘zbekiston strategik sherikligi: Toshkentda “Valday” anjumani o‘z ishini boshlaydi
09:17 30.03.2026 (yangilandi: 10:07 30.03.2026) Ikki kunlik anjuman doirasida ekspertlar ikki tomonlama muloqot, Yevroosiyodagi umumiy chaqiriqlar, sanoat kooperatsiyasi va transport yo‘laklari istiqbollarini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda “Valday” xalqaro munozara klubi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan Rossiya — O‘zbekiston anjumani o‘z
ishini boshlaydi. Anjuman seshanba kuniga qadar davom etadi.
Uchrashuv “Rossiya — O‘zbekiston: Yevroosiyo makonida strategik sheriklik” mavzusiga bag‘ishlangan. Ikki kunga mo‘ljallangan ishchi dastur ochilish sessiyasi hamda to‘rtta mavzuli muhokamani o‘z ichiga oladi.
Sessiyalar doirasida ekspertlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqot, Yevroosiyodagi hamkorlik imkoniyatlari, mintaqadagi dolzarb muammolar va ularning umumiy yechimlari, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish, shuningdek transport, logistika va infratuzilma masalalarini muhokama qiladi.
Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati va Tatariston o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning mavjud natijalari va istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi.
Konferensiyaning faxriy mehmonlari sifatida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etadi.
O‘zbekiston tomonidan anjumanda quyidagilar qatnashadi:
Eldor Aripov — Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori;
Dinara Ziganshina — Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligi muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazi direktori;
Elor Toshtemirov — Migratsiya agentligi Strategik rejalashtirish departamenti boshlig‘i;
Oleg Pekos — raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari.
Rossiya tomonidan esa quyidagilar ishtirok etadi:
Vladislav Polyanin — Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti direktori;
Mixail Denisenko — Vishnyovskiy nomidagi Demografiya instituti direktori;
Ivan Danilin — IMEMO direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
Andrey Bistriskiy — “Valday” xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi raisi.