Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Digital Qazaqstan 2026 da YeOII davlatlari o‘rtasida elektron hujjat almashuvi yo‘lga qo‘yildi

© Press slujba Pravitelstva RFZapushena sistema elektronnogo dokumentooborota mejdu stranami YeAES
Zapushena sistema elektronnogo dokumentooborota mejdu stranami YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2026
Obuna bo‘lish
U transport hujjatlari bilan ishlashni tezlashtiradi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. "Digital Qazaqstan 2026" raqamli loyihalar ko‘rgazmasida YeOII mamlakatlari o‘rtasida elektron hujjat aylanish tizimi tantanali ishga tushirildi.
Yangi tizim transport hujjatlarini olish va tekshirishni tezlashtiradi, shuningdek, transport-logistika hamda nazorat jarayonlaridagi xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Forum "Digital Almaty" platformasi asosida iqtisodiyotning real sektori, davlat boshqaruvi va ijtimoiy infratuzilmada raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Forum ishtirokchilari orasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham bo‘ldi.

"Digital Qazaqstan 2026"ning bosh mavzusi — “Industry 5.0: o‘zaro hamkorlik kuchi”. Ushbu konsepsiya barqaror rivojlanish va inson salohiyatini mustahkamlash uchun texnologiyalarni uyg‘un qo‘llashga qaratilgan.
Tadbir raqamlashtirish sohasidagi ilg‘or yechimlarni muhokama qilish va namoyish etish uchun davlat idoralari, biznes, xalqaro korporatsiyalar, texnologiya kompaniyalari, startaplar va ekspertlarni bir maydonga jamladi.
Iskusstvenniy intellekt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
SIni rivojlantirishga oid YeOII davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti hozirlanyapti
Yangiliklar lentasi
0