https://oz.sputniknews.uz/20260327/ukraina-xorijiy-yordam-56547116.html
Ukraina ikki oy ichida xorijiy yordamsiz qolib ketadi – OAV
Ukraina ikki oy ichida xorijiy yordamsiz qolib ketadi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Kiyevning hozir iyungacha yetadigan budjet mablag‘lari mavjud. 27.03.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-03-27T18:24+0500
2026-03-27T18:24+0500
2026-03-27T18:24+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20370448_0:39:1871:1091_1920x0_80_0_0_20baa898f7bef0730a639b6349600285.jpg
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Agar Ukraina yangi xalqaro yordam olmasa, ikki oy davomida budjet mablag‘siz qolishi mumkin. Bir yil ichida mamlakatga 45 mlrd yevro xorijiy moliyaviy yordam kerak bo‘ladi, deb yozadi “Bloomberg” agentligi manbalariga tayanib.Hozir Kiyevning iyungacha yetadigan budjet mablag‘lari bor. Yevropa Ittifoqi dekabrda mamlakatga 90 mlrd yevro miqdorida “harbiy kredit” berishga kelishib oldi. Bu mablag‘lar apreldan boshlab Ukraina budjetiga tushishi rejalashtirilgan edi, ammo “Drujba” quvuri orqali neft tranzitini tiklashga intilayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning bloklash qaroridan keyin bu muddatlarga rioya qilish xavf ostida qoldi.Bu yordam to‘plami, ehtimol, Vengriyada kamida 12-aprelga rejalashtirilgan parlament saylovlari o‘tkazilgunga qadar to‘xtatib turilishi mumkin, deb yozadi agentlik. Yevropa yordami bloklanishi Kiyev uchun boshqa ehtimoliy kreditorlar, jumladan, aprelda bo‘lib o‘tgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadbirida Yettilik guruhi mamlakatlari bilan muzokaralarni qiyinlashtiradi. Ukraina ulardan 30 mlrd yevrodan ko‘proq pul olishga umid qilmoqda, deya aniqlik kiritadi nashr.Shuningdek, Vladimir Zelenskiy va Ukraina parlamentining qarama-qarshiligi Kiyev tomonidan XVFning o‘zidan 7 mlrd yevro kredit olish shartlarini bajarishni murakkablashtiradi. Bu mablag‘larning bir qismi allaqachon ajratilgan edi, ammo iyunda Oliy rada zarur qonun loyihalarini qabul qilishi kerak bo‘lgan islohotlar jarayonining yana bir qayta ko‘rib chiqilishi kerak.Qayd etilishicha, Ukraina PURL dasturi doirasida Yevropa mamlakatlari hisobidan AQShdan qurol sotib olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kiyev 2026-yilda 13 mlrd yevro miqdoridagi Amerika qurolini sotib olishi zarur, biroq bu xaridlar asosan faqat kichik bir guruh mamlakatlar tomonidan moliyalashtiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260325/kyiv-politsiya-harbiylar-olib-kelinish-56492390.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20370448_182:0:1689:1130_1920x0_80_0_0_1564543f6f1d2c770c1b8339ea48494d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, ukraina
dunyoda, dunyo yangiliklari, ukraina
Ukraina ikki oy ichida xorijiy yordamsiz qolib ketadi – OAV
Kiyevning hozir iyungacha yetadigan budjet mablag‘lari mavjud.
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Agar Ukraina yangi xalqaro yordam olmasa, ikki oy davomida budjet mablag‘siz qolishi mumkin. Bir yil ichida mamlakatga 45 mlrd yevro xorijiy moliyaviy yordam kerak bo‘ladi, deb
yozadi “Bloomberg” agentligi manbalariga tayanib.
Hozir Kiyevning iyungacha yetadigan budjet mablag‘lari bor. Yevropa Ittifoqi dekabrda mamlakatga 90 mlrd yevro miqdorida “harbiy kredit” berishga kelishib oldi. Bu mablag‘lar apreldan boshlab Ukraina budjetiga tushishi rejalashtirilgan edi, ammo “Drujba” quvuri orqali neft tranzitini tiklashga intilayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning bloklash qaroridan keyin bu muddatlarga rioya qilish xavf ostida qoldi.
Bu yordam to‘plami, ehtimol, Vengriyada kamida 12-aprelga rejalashtirilgan parlament saylovlari o‘tkazilgunga qadar to‘xtatib turilishi mumkin, deb yozadi agentlik. Yevropa yordami bloklanishi Kiyev uchun boshqa ehtimoliy kreditorlar, jumladan, aprelda bo‘lib o‘tgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadbirida Yettilik guruhi mamlakatlari bilan muzokaralarni qiyinlashtiradi. Ukraina ulardan 30 mlrd yevrodan ko‘proq pul olishga umid qilmoqda, deya aniqlik kiritadi nashr.
Shuningdek, Vladimir Zelenskiy va Ukraina parlamentining qarama-qarshiligi Kiyev tomonidan XVFning o‘zidan 7 mlrd yevro kredit olish shartlarini bajarishni murakkablashtiradi. Bu mablag‘larning bir qismi allaqachon ajratilgan edi, ammo iyunda Oliy rada zarur qonun loyihalarini qabul qilishi kerak bo‘lgan islohotlar jarayonining yana bir qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Qayd etilishicha, Ukraina PURL dasturi doirasida Yevropa mamlakatlari hisobidan AQShdan qurol sotib olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kiyev 2026-yilda 13 mlrd yevro miqdoridagi Amerika qurolini sotib olishi zarur, biroq bu xaridlar asosan faqat kichik bir guruh mamlakatlar tomonidan moliyalashtiriladi.