https://oz.sputniknews.uz/20260327/shaxsiy-malumot-56552936.html
Shaxsiy ma’lumotga oid qonunga o‘zgartirish kiritildi
Shaxsiy ma’lumotga oid qonunga o‘zgartirish kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Quyidagi shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart: shaxslarning biometrik ma’lumotlari; shaxslarning genetik ma’lumotlari; O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning ma’lumotlari
2026-03-27T18:49+0500
2026-03-27T18:49+0500
2026-03-27T18:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/04/45972348_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_8c7a3809c4385b1ea9ead7f3fbdb0db6.jpg
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Yangi qonun bilan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Unga ko‘ra, quyidagi shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart:Yuqorida ko‘rsatilmagan shaxsga doir ma’lumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilganda, O‘zbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260212/vazir-internet-malumotlar-sizish-izoh-55653128.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/04/45972348_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2d98be4e259ad486204959b483b9641f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxsga doir ma’lumotlar o‘zbekiston qonun ma’lumot
shaxsga doir ma’lumotlar o‘zbekiston qonun ma’lumot
Shaxsiy ma’lumotga oid qonunga o‘zgartirish kiritildi
Shaxslarning biometrik va genetik ma’lumotlari O‘zbekistonda saqlanishi shart bo‘ldi.
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Yangi qonun bilan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi
xabar berdi. Unga ko‘ra, quyidagi shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart:
shaxslarning biometrik ma’lumotlari;
shaxslarning genetik ma’lumotlari;
O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning ma’lumotlari.
Yuqorida ko‘rsatilmagan shaxsga doir ma’lumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilganda, O‘zbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:
chet davlatni shaxsga doir ma’lumotlarning bir xil himoya qilinishini ta’minlovchi davlat sifatida tan olish;
operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;
ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.