Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina armiyasida ayollar 75 mingdan oshdi, dezertirlik ishlari ham keskin ko‘paydi

© AP Photo / /Oleg PetrasiukBolee 75 tisach jenshin slujat v VSU
Bolee 75 tisach jenshin slujat v VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Obuna bo‘lish
Armiyada xizmat qilayotgan ayollar soni bir yil ichida sezilarli oshgani aytilmoqda. Bu fonda shaxsiy tarkib tanqisligi va harbiylar orasida dezertirlik ishlari ko‘payishiga ham e’tibor qaratilmoqda.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari saflarida ayollar soni tez sur’atlarda o‘smoqda. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hozirda armiyada 75 ming nafardan ortiq ayol bor.
Taqqoslash uchun, Ukraina Mudofaa vazirligi 2024-yil mart oyida Qurolli kuchlarda 45,5 ming nafardan ortiq ayol xizmat qilayotganini bildirgan edi.
Shu bilan birga, Ukraina armiyasida shaxsiy tarkib yetishmasligi va dezertirlik bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda. Avvalroq Rossiya xavfsizlik kuchlari RIA Novostiga Ukrainada shaxsiy tarkib tanqisligi fonida ayollarni safarbar qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar bergan edi.
RIA Novosti sud materiallarini o‘rganib, 2026-yilning dastlabki oylarida ukrainalik harbiylarga nisbatan dezertirlik va o‘zboshimchalik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar oshganini ma’lum qildi.
Tahlillarga ko‘ra, yil boshidan 23-martgacha 24 659 ta holat qayd etilgan. Bu 2025-yilning shu davridagi 13 189 ta holatga nisbatan 87 foizga ko‘pdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida bunday toifadagi jami 79 140 ta material topshirilgan.
Bu fonda Ukraina Qurolli kuchlari xorijda harbiylarni tayyorlash muddatini qisqartirmoqda. Bosh shtabning doktrinalar va tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yevgeniy Mejevikin bu qarorni logistikani soddalashtirish va jang maydonidagi o‘zgarishlarga tezroq moslashish zarurati bilan izohlagan.

Avvalroq "Midi Libre" nashri Fransiyada tayyorlangan “Anna Kiyevskaya” brigadasi bo‘yicha “dezertirlik” moddasi asosida tergov boshlangani haqida xabar bergan edi. Nashr keltirgan Ukraina OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada o‘qitilgan 2300 harbiyning 1700 nafari frontga yuborilgandan ko‘p o‘tmay qismni tark etgan.

2025 yil yanvar oyida Fransiya Mudofaa vazirligi ham Fransiyada tayyorgarlikdan o‘tgan “o‘nlab” ukrainalik harbiylar mamlakat hududidayoq qochib ketganini tasdiqlagan.
Shuningdek, 2025-yil mart oyida Oliy rada deputati Anna Skoroxod xorijda o‘qitilgan ayrim ukrainalik harbiylar urushda qatnashishni istamagani uchun mamlakatga qaytmayotganini aytgan edi.
VSU. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina armiyasida dezertirlar 300 mingga yetdi —bu ko‘p Yevropa davlatlari armiyasidan ham ko‘p
Yangiliklar lentasi
0